Tuxum — deyarli mukammal mahsulot!

Mashhur yapon dietologi va fitnes-instruktor Yuko Fukano o’zining taniqli Internet-portalga bergan intervyusida tuxumni har qanday nuqtai nazardan eng yaxshi mahsulotlardan biri deb atadi.

“Ular muvozanatli ozuqa moddalariga boy, arzon va barcha oziq-ovqat do’konlarida sotiladi”, – deya tushuntirdi u.

To’yimli, shakar va kaloriya miqdori past bo’lgan tuxumlar vazn yo’qotish uchun juda mos keladi.

Fukano aytishicha, tuxum D va B vitaminlari va aminokislotalarga boy bo’lib, ularning mushaklar va metabolizmga foydali jihatlari ko’p.

Do’stlar, SIZNING stolingizda tuxumlar qanchalik tez-tez paydo bo’ladi?