Contact number

+998 (71) 271-64-26

Contact number

+998 (71) 202-12-00

Parranda gormoni haqidagi afsonalar

Bugungi kunda ko’pchilik parranda parvarish qilishning zamonaviy usuliga shubha bilan qaraydi, odamlar go’sht va tuxumni sotuvga yetkazib berish tezligidan hayratda. Bu esa naslchilikda parrandaning rivojlanishini tezlashtiradigan va go’shtni tabiiy ravishda vitaminlar bilan to’yinishiga to’sqinlik qiladigan gormonlar ishlatiladi, degan noto’g’ri tushuncha paydo bo’lishiga olib keldi.

Ko’pchilikni qiziqtiradigan savol – nima uchun gormonlar ishlatiladi?

Javob: yo’q. To’g’ri, yo’q! Ular ishlatilmaydi va buning bir qancha sabablari bor:

1) Olimlar tadqiqot ishlari orqali ajoyib natijalarga erishdilar. Bu parrandalarga muvozanatlashtirilgan ovqatlanish va ideal o’sish sharoitlari bilan ta’minlash imkonini berdi.

2) Parrandalarni gormon bilan oziqlantirishdan hech qanday foyda yo’q, chunki ovqat hazm qilish jarayonida ular oddiy aminokislotalarga aylanadi, bu esa gormonlarning asl funksiyalarini buzadi.

3) Gormonlar o’z vazifasini bajara olishi mumkin bo’lgan yagona holat – faqatgina ular har kuni qo’llanilishi, bu esa iqtisodiy jihatdan imkonsiz va katta yo’qotishlarga olib keladi.

4) Dunyoning ko’plab mamlakatlarida, shuningdek AQShda gormonlardan foydalanish bir necha o’n yillar davomida qonun bilan taqiqlangan.

Bu omillarning barchasi, shuningdek, sog’lom fikr, qush organizmiga gormon yuborishni imkonsiz holatga keltiradi.