Aziz ustozlar!
Qadrli parrandachilik sohasining fidoyilari!
Barchangizni mamlakatimiz hayotidagi qutlug’ sana – «O’qituvchi va murabbiylar kuni» bilan samimiy muborakbod etamiz.
Xalqimizda «Ustoz otangdek ulug'», degan so’z bor. Kimki bu hayotda biror yutuqqa erishsa, kasbidan e’zoz topsa, uning qalbida ustozlariga, birinchi o’qituvchisiga bo’lgan hurmati abadiy muhrlanadi.
Hurmatli ustozlar, bundan keyin ham farzandlarimizga va shogirdlarimizga zamonaviy parrandachilik ilm-fani va asoslarini o’rgatish, yuksak insoniy tuyg’u va fazilatlarni singdirish borasida bor kuch-g’ayratingiz, bilim va mahoratingizni ayamasdan astoydil xizmat qilishingizga ishonamiz.
Hurmatli ustozlar, Sizlarni 1 oktyabr – «O’qituvchi va murabbiylar kuni» bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz. Doimo sog’-omon bo’ling, aziz ustozlar!
Xurmat bilan,
«Parrandasanoat» uyushmasi jamoati