Parrandachilik bilan shug‘ullansizmi?
“Parrandasanoat” uyushmasiga a’zo bo‘ling.
Uyushma a’zolariga quyidagi imtiyozlar beriladi:
– Uyushma tarkibidagi parrandachilik va yem ishlab chiqaruvchi korxonalariga 2024 yil 1 yanvarga qadar o‘z ehtiyoji uchun maqsadli ravishda ozuqa komponentlari va qo‘shimchalarini (TIF TN kodi 1001, 1003, 1005, 1201, 1206, 1507, 1512, 2302, 2304, 2306, 2309, 2835, 2922, 2930) temir yo‘l orqali tashishda, istisno tariqasida, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi temir yo‘llari tarif siyosatining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda chegirmalar beriladi,
– Uyushmaga a’zo bo‘lgan parrandachilik xo‘jaliklariga import qilingan har bir bosh bir kunlik nasldor jo‘ja uchun 9 000 so‘m subsidiya beriladi,
– Uyushmaga a’zo korxonalar tomonidan xorijiy mamlakatlardan parrandachilik sohasi ekspert va mutaxassislarini jalb qilish xarajatlari va ularning 6 oylik ish haqi miqdorining 50 foizi, biroq oyiga1 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan qismi qoplab beriladi.
Bundan tashqari, Uyushma Sizga quyidagi yordamlarni ko‘rsatadi:
– o‘z xo‘jaligingizda yetishtirilgan va realizasiya qilingan tuxumning har bir donasiga 50 so‘mdan va parranda go‘shtining har bir kilogrammiga 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi bo‘yicha,
– tuxum, parranda go‘shti va mahsulotlarini eksport qilishda hamda soya donini import qilishda avtomobil’, temir yo‘l va havo transportida tashish xarajatlarini 50 foizgacha miqdorda kompensasiya qilish bo‘yicha,
– asosiy faoliyat turi parrandachilik bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlariga ularning asosiy faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini 50 foiz miqdorida qo‘llash bo‘yicha,
– tijorat banklaridan aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun va parrandachilik loyihalarini amalga oshirish uchun bank foiz stavkasining bir qismini Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan qoplash bo‘yicha,
– and conducts correspondence with relevant ministries and agencies in order to eliminate other issues unfolding in mummolarni.