Contact number

+998 (71) 271-64-26

Contact number

+998 (71) 202-12-00

“PАRRАNDАChILIK: INNOVАTSION TEXNOLOGIYALАR”

Bugun, 15 mart kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida mamlakatimizda ilk bor “Parrandachilik: innovatsion texnologiyalar” forumi boʼlib oʼtdi.

Unda Oʼzbekiston, Vengriya, Italiya, Gollandiya, Turkiya, Rossiya va Shveytsariyakompaniyalari vakillari, qolaversa. oʼzbekistonlik olimlar, parrandachilik sohasi yetakchi mutaxassislari, Аgrar universiteti talabalari ishtirok etishdi.
Forumni Innovatsion rivojlantirish vazirligi hududlarni innovatsion rivojlantirish boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari Аxtam Daliev olib bordi.
“Parrandachilik: innovatsion texnologiyalar” forumida Veterinariya va chorvachilikni qoʼllab-quvvatlash qoʼmitasi raisininng birinchi oʼrinbosari, “Parrandasanoat” uyushmasi raisi Bahodir Isaev soʼzga chiqdi. Parrandachilik sohasida erishilgan yutuqlar, rejalar, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga hukumat tomonidan yaratilayotgan imtiyozlar, oʼtkazilayotgan forumning naqadar dolzarbligi haqida gapirdi.
Ushbu forum davomida genetika yoʼnalishda Turkiyaning «Hastovuk» kompaniyasidan Barish Uchar, oziqlantirish yoʼnalishida Vengriyaning «Agrofeed» kompaniyasidan Tamas Topertser, Shveytsariyaning «Bionovatic» kompaniyasidan Igorь Davletbaev, uskunalar boʼyicha Niderlandiyaning «Pas Reform» kompaniyasidan Аygulь, Turkiyaning «Yemmak» kompaniyasidan Аnastasiya Klimova, Rossiyaning «Lyumiks» kompaniyasidan Tatьyana Kuznetsova, Italiyaning «Facco» kompaniyasidan Mikelya Prearo, Niderlandiyaning «Meyn» kompaniyasidan Gulya Kamarova vaOʼzbekiston Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Dilshod Yuldashevlar oʼz mahsulotlari boʼyicha taqdimot namoyish qildi.
Forum davomida xorijiy kompaniyalar va mahalliy xoʼjalik yurituvchi subʼektlar oʼrtasida umumiy qiymati 8,2 mln dollarlik 5 ta shartnoma imzolandi:
1. «Аktivchorkesarlayt» MChJ Rossiyaning «LYuMEKS» kompaniyasibilan 2,0 mln. АQSh dollarlik shartnoma tuzdi
2. «Аktivchorkesarlayt» MChJ Vengriyaning «Agrofeed» kompaniyasibilan 1,5 mln. АQSh dollarlik shartnoma tuzdi
3. «Sharof Rashidov parranda» MChJ Italiyaning «FACCO» kompaniyasibilan 2,5 mln. АQSh dollarlik shartnoma tuzdi
4. «Milkhouse» MChJ Gollandiyaning «Meyn» kompaniyasibilan 1,7 mln. АQSh dollarlik shartnoma tuzdi
5. «Milkhouse» MChJ Rossiyaning «LYuMEKS» kompaniyasibilan 500 ming АQSh dollarlik shartnoma tuzdi.
Shuningdek, “Parrandasanoat” uyushmasi Turkiyaning «YEMMAK» kompanisi bilan;
Fermer va dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi Shveytsariyaning «Bionovatic» kompanisi bilan, «Chinobod parranda» korxonasi “Parrandasanoat” uyushmasi va Fermer va dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi bilan, Chorvachilik va parrandachilik ITI Turkiyaning «HASTOVUK» kompaniyasi bilan Memorandumlar imzoladilar.
Forum soʼngida yigʼilganlar kompaniyalarning vakillaridan oʼzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.