Contact number

+998 (71) 271-64-26

Contact number

+998 (71) 202-12-00

Native language – the spirit of this nation...

 

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.

1989-yilning 21-oktyabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga – Davlat tili maqomi berildi.

Qolaversa, 2020-yil 10-aprel kuni “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-615-son) qabul qilindi. Ushbu qonunga asosan 21-oktyabr sanasi «O‘zbek tili bayrami» etib belgilandi. Ushbu kun mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda.

Bugungi kunda davlatimiz rahbari boshchiligida Yangi O‘zbekistonni barpo etishda shubhasiz ona tilimizning hayotbaxsh qudratiga tayanamiz. Ajdodlarimiz necha asrlar davomida ona tilimizning bezavol o‘tib kelishi, ravnaqi va istiqboli uchun qayg‘urganligini unutmasligimiz kerak. Millatning o‘zligini anglashi, uning ma’naviy kamolotini yuksaltirish uchun til muhim omil. Davlat tilining obro‘-e’tibori – butun xalq, jamiyatning obro‘-e’tiboridir.

Hozirda yer yuzida 50 milliondan ortiq insonlar o‘zbek tilida so‘zlashadi. Bu tilimizning dunyodagi yirik tillardan biriga aylanganini anglatadi.

O`tgan yillar davomida tilimizni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish uchun uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga kiritishda har bir vatandosh o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarur.

Hurmatli tadbirkorlar, parrandachilik sohasida faoliyat yuritayotgan qadrli insonlar, barchangizni bugungi bayram munosabati bilan «Parrandasanoat» uyushmasi jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz!

Barchangizga sog‘lik-omonlik, baxt-u – saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilaymiz!

O‘zbek tilimiz hamisha bezavol yashasin!