“Parrandasanoat” uyushmasi raisi B.Isayev boshchiligidagi delegatsiya Amerika Qo‘shma Shtatlarida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Delegatsiya a’zolari Amerika ozuqa sanoati Assotsiatsiyasi, Go‘shtchilik instituti va Amerika Qo‘shma Shtatlarining Parrandachilik Assotsiatsiyasi (USPOULTRY) tomonidan tashkil qilingan “2024 International Production & Processing Expo” (IPPE) xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etmoqda.
Xalqaro ko‘rgazma ishtirok etishdan ko‘zlangan maqsad parrandachilik sohasidagi xorijiy tajribalarni yana-da chuqurroq o‘rganish hamda O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishdan iborat.
30-yanvar kuni “Parrandasanoat” uyushmasining raisi B.Isayev go‘sht yo‘nalishidagi parrandalarning birinchi tartibli naslini O‘zbekistonda ko‘paytirishni yo‘lga qo‘yish masalasida AQSh ning “Aviagen”genetik kompaniyasi Sharqiy Yevropada biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Chark Ostendorf bilan muzokara o‘tkazdi.
Muzokara davomida mamlakatimizda parranda go‘shtini 2030-yilgacha ishlab chiqarish hajmlarini yana-da oshirish, naslli parrandalarni ko‘paytirish va eksportni kengaytirishga qaratilgan taqdimot o‘tkazilib, ushbu loyihada “Aviagen” genetik kompaniyasini ishtirok etishi masalalari muhokama qilindi.