Contact number

+998 (71) 271-64-26

Contact number

+998 (71) 202-12-00

Bedana tuxumining foydalari

Bedana tuxumining foydalari.

Ajablanarlisi shundaki, biz bedana tuxumini ratsionimizga to’liq kiritmasdan, bu mahsulotga ekzotik, ba’zi salatlarning o’ziga xos tarkibiy qismi sifatida qaraymiz.

Aslida, bu mittichalar foydasi juda katta:

1. Xolesistit kasalligida ular og’izdagi doimiy achchiq ta’m va o’ng tomondagi og’riqdan xalos bo’lishga yordam beradi.

2. Shifokorlar gipertoniya, qandli diabet, anemiya, sil va bronxial astma bilan og’riganlarga yiliga 120 dan 250 gacha tuxum iste’mol qilishni tavsiya qiladilar.

3. Bedana tuxumlari metabolizmni normallashtiradi va qon aylanishiga yordam beradi.

4. Bedana tuxumlari erta tug’ishning oldini olish va toksikozni yengillashtirish xususiyati bilan mashhur.

5. Bo’g’imlardagi og’riqni yo’qotadi, qariyalarda eshitish va ko’rishni yaxshilaydi.

6. Gastrit, pankreatit, oshqozon yarasi yoki o’n ikki barmoqli ichak yarasi kabi kasalliklarda yordam beradi.

7. Bola tanasining to’g’ri rivojlanishiga hissa qo’shadi: ko’rish, eshitish va tish salomatligini yaxshilaydi.

Ratsioningizda tovuq tuxumini bedana tuxumiga to’liq almashtirish shart emas, lekin ikkinchisini muntazam iste’mol qilish haqiqatan ham oilangizning salomatligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.