Alixonov Bahodir Davronovich – “Parrandasanoat” uyushmasi raisi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar 2020-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Bosh boshqarmasi boshlig`i va Shveysariyaning ENEP AG kompaniyasining O`zbekistondagi vakolatxonasida maslahatchi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
B.Alixanov 1994-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Xorijiy siyosat va iqtisodiyotda professional tajribaga ega. 1994-2007-yillarda O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi, 2009-2016-yillarda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tizimida faoliyat yuritgan. 2016-2020-yillarda Vazirlar Mahkamasida mas’ul lavozimlarida hamda 2017-2018-yillarda “O`ztekstilprom” uyushmasida rais o`rinbosari bo`lib ishlagan.