KANNIBALIZM (bir – birini cho‘kish) parrandalarning bir -birining terisini, sirga va tojlarini, kloakasini chukishi bilan tavsiflanadi. Asosan, tovuqlar tuxum berishning kuchaygan fazasida, yosh jujalar jadal usish davrida (25 – 60 kunligida) kasallanadi. Rasionda xayvonot olami ozikalarining ortikchaligi, aminokislotalar (metionin, lizin, sistin), kalsiy, oltingugurt, kobalt, marganes, yod, osh tuzining yetishmasligi, parrandalarni zich caqlanshi, suvniig tanqisligi, stress omillar: yoruglikning ortikchaligi (7-8 soatdan ko‘p) yoki uzok muddat qorongi joyda saklash, travmalar okibatida parrandalar tanasidan kon okishi parrandalarning bir – birini chuqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Belgilari. Avvaliga yupqa po‘chokli tuxum berish va tuxumlarni chuqish xollari kuzatiladi, keyinchalik parrandalar bir – birining patlari, ko‘zi, jaroxatlangan joylari, kloakasini chukiy boshlaydi. Kasallik yerda bokilganda ommaviy tus oladi.
Oldini olish. Rasiondagi oqsillar mikdoriga e’tibor beriladi, rasion turining tez uzgarishiga yul kuymaslik, parrandalarning vitaminlar va mineral moddalarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, rasionda o‘rtacha bir boshga 0,2 – 0,3 g oltingugurt, 2 – 10 mg marganes sulfat bo‘lishini ta’minlash lozim. Oq lampalarning o‘rniga kizil lampalar o‘rnatiladi.