Goʼshti juda mazali va parhezbop boʼlgan kurkalarning koʼplab turlari mavjud.
Xonaki kurka xoʼrozlarining tirik vazni 9-35 kg, makiyonlariniki esa 4,5-11 kgni tashkil etadi. Makiyon kurkalar 8-9 oyligida yerga oddiygina in qurib, tuxum qoʼyishni boshlaydi.
Shu tariqa bir yilda 70-90 ta tuxum qoʼyadi. Tuxumining ogʼirligi 80-88 g. Har bir kurkadan 40-60 bosh yosh kurka joʼjalarini olish mumkin. Ular 4-5 oy boqib, semirtirilsa, 160-200 kg goʼsht yetishtiriladi.