Naslli parrandalar

Respublikamizda 45 ta naslchilikka ixtisoslashgan parrandachilik xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan, 7 ta xo‘jalik tuxum yo‘nalishida, 38 ta xo‘jalik go‘sht yo‘nalishida final gibrid inkubatsion tuxumlar va bir kunlik jo‘jalar yetishtirish bilan shug‘ullanmoqda.

Tuxum yo‘nalishidagi naslchilik parrandachilik xo‘jaliklarida 213 ming bosh naslli parrandalar mavjud bo‘lib, ushbu naslchilik xo‘jaliklarida “Xay-Layn”, “Dekalb”, “Lomann”, “Xay-Seks”, “Super Nik”, “Braun Nik” va “Novogen” krosslaridagi naslli parrandalarning ota-ona galasi parvarishlanadi. Naslli jo‘jalar asosan Niderlandiya, Germaniya, Fransiya va Rossiya davlatlaridan olib kelinadi hamda ulardan inkubatsion tuxumlar olinib, ochib chiqarilgan jo‘jalar respublikamizdagi sanoat parrandachilik korxonalari va fermer, dehqon xo‘jaliklariga yetkazib beriladi.

Go‘sht yo‘nalishidagi naslchilik xo‘jaliklarida 1 mln 842 ming bosh naslli parrandalar mavjud bo‘lib, ushbu xo‘jaliklarda asosan dunyo bo‘yicha keng tarqalgan va o‘zining yuqori mahsuldorlik ko‘rsatkichlari bilan ajralib turuvchi “Ross-308” va “Kobb-500” krossli naslli parrandalarning ota-ona galasi parvarishlanadi. Naslli jo‘jalar asosan Vengriya va Niderlandiya davlatlaridan olib kelinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 yanvardagi PQ-4576-sonli qarori bilan import qilingan bir kunlik naslli jo‘jalarga subsidiya ajratilishi respublikamizda naslli parrandalar bosh sonining ko‘payishiga yana-da zamin yaratdi. 2020 yilda jami 35 ta naslchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi parrandachilik xo‘jaliklariga import qilingan 1 mln 535 ming bosh naslli jo‘jalar uchun 13.8 mlrd. so‘m subsidiya mablag‘lari ajratildi.

Naslchilik parrandachilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar

Tuxum yo‘nalishda:

  1. “Ilonsoy Lomann parranda” FX

  2. “Maroqand parranda” MCHJ

  3. “Zarafshon Lomann parranda” MCHJ

  4. “Toshkent parranda” MCHJ

  5. “Ishonch – Nadejda” FX

  6. “Progress parranda” MCHJ

  7. “Sharof Rashidov nomidagi parrandachilik” MCHJ

Go‘sht yo‘nalishida:

  1. “Baraka Hamkor parranda” XK

  2. “Jondor Chinor Chorva” MCHJ

  3. “O‘ktam Nur Turdali ota” FX

  4. “Ququmboy naslchilik parranda” MCHJ

  5. “Aktiv Chorkesar layt” MCHJ

  6. “Uychi parranda” MCHJ

  7. “Vodiy Kumush parranda” MCHJ

  8. “Kattaqo‘rg‘on parranda” MCHJ QK

  9. “Aziya prestij servis” MCHJ

  10. “Samarqand sifatli jo‘jalari” XK

  11. “Invest Chicken Group” MCHJ

  12. “Yangi obod sifatli parranda” MCHJ

  13. “Navobod naslli parranda” FX

  14. “Jomboy naslli parranda” FX

  15. “Muxabbat sarvar fayz” MCHJ

  16. “Siyob Shavkat Orzu” FX

  17. “Payshanba parrandalari” MCHJ

  18. “Agro-kompleks” FX

  19. “Prestij don” MCHJ

  20. “Darg‘om parranda fayz” MCHJ

  21. “Guliston broyler” MCHJ

  22. “Z.M.Bobir” MCHJ

  23. “Universal golden ving” MCHJ

  24. “Umid” MCHJ

  25. “Osiyo parranda biznes” MCHJ

  26. “Parkent broyler” MCHJ

  27. “Oxangaron naslli parranda” MCHJ

  28. “Inter Agro” MCHJ

  29. “Navobod naslli parranda” FX O‘rtachirchiq fil.

  30. “Anis parranda” MCHJ

  31. “Chicken Invest” MCHJ

  32. “Donya parranda” FX

  33. “Saxovat Broyler” MCHJ

  34. “Beshariq parranda” MCHJ

  35. “Mazzali broyler” MCHJ Rishton fil.

  36. “Premium Chikens” MCHJ

  37. “Urganch parranda invest” XK

  38. “Avezmetova Zulfiya” FX

Naslchilik xo‘jaligi maqomini olish

Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

  • bonitirovka — hayvonlarning nasldorlik va mahsuldorlik sifatlarini baholash;

  • genofond (kam sonli) zot — muayyan zotga mansub va yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi kam uchraydigan hayvonlar guruhi;

  • naslchilik — seleksiya maqsadida nasldor hayvonlarni urchitish, naslli mahsulot (material) yetishtirish va undan foydalanish;

  • nasldor hayvon — kelib chiqishi hujjatlar bilan tasdiqlangan, muayyan zotni takror ko‘paytirish uchun foydalaniladigan va belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan hayvon;

  • naslli mahsulot (material) — nasldor hayvon, uning urug‘i va embrionlari, nasldor tuxum, ipak qurti urug‘i;

  • naslchilik obyektlari — nasldor hayvonlar (qoramollar, qo‘ylar, echkilar, otlar, tuyalar, cho‘chqalar, shuningdek, parrandalar, baliqlar, asalarilar, ipak qurti, quyonlar, yovvoyi hayvonlar) va ularning naslli mahsulotlari (materiallari);

  • naslchilik subyektlari — naslchilik ishi bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, tashkilotlar, seleksiya markazlari, ippodromlar, immunogenetik nazorat laboratoriyalari, nazorat — sinov stansiyalari, embrionlarni ko‘chirib o‘tkazish (transplantatsiya) markazlari hamda boshqa yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar — naslli mahsulot egalari;

  • nasldor hayvonlar va nasldor podalarni davlat ro‘yxatiga olish — kelib chiqishini aniqlash va mahsuldorligini belgilash maqsadida nasldor hayvonlar hamda nasldor podalar haqidagi maʼlumotlarni hisobga olish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori “Naslchilik xo‘jaliklari maqomini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” (VMQ 19.02.2020)