Parranda grippini oldini olish boʼyicha joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib borish uchun qoʼmitada respublika shtabi tashkil etilib, monitoring yuritish ishlari yoʼlga qoʼyildi.

2021 yil davomida yuqumli kasalliklarning oldini olish boʼyicha 10,0 mln bosh parranda nьyukasl kasalligiga qarshi “N” shtammli emlama, 45,0 mln bosh parranda “la-sota” shtammli emlama, 55,0 mln bosh yuqumli bronxit kasalligiga, 7,0 mln bosh parranda chechak kasalligiga qarshi, 12,0 mln bosh parranda mareka 25,0 mln bosh parranda gamboro kasalligiga qarshi, 7,0 mln bosh parranda yuqumli laringotraxeit kasalligiga, 16,0 mln boshi past patogenli gripp va 15,0 mln bosh parranda yuqori patogenli kasalligiga qarshi emlandi. Profilaktik tadbirlar davom etmoqda.