Samarqand viloyati Qo’shrabot tumanida «Qo’shrabot Lomann parranda» MChJ tomonidan tuxum yo’nalishidagi naslchilik faoliyatiga ixtisoslashgan korxona qurilishi davom etmoqda. Ushbu korxona 150 000 ming bosh naslli parrandalarni boqishga mo’ljallab qurilmoqda.
Korxonada Xitoy davlatidan keltirilgan inkubatorlar o’rnatilgan bo’lib, ularning bir martalik inkubatsion tuxum joylashtirish quvvati 500 ming donani tashkil qiladi.
«Parrandasanoat» uyushmasi raisining o’rinbosari P. Rahmatullaev va parranda naslchiligi boshqarmasi boshlig’i R. Abdiqodirov joriy yilning 23 fevral` kuni qurilayotgan ushbu korxonada bo’lishdi. Mutaxassislar korxonadagi qurilish jarayonlari, o’rnatilgan inkubatsiya tsexi bilan tanishdilar. Korxona rahbarlari joriy yilning 3-choragida faoliyat ko’rsatishni boshlashini maъlum qildi.
«Parrandasanoat» uyushmasi axborot xizmati