Контактный номер

+998 (71) 271-64-26

Контактный номер

+998 (71) 202-12-00

Аziz ayollar, muhtarama onaxonlar va munis opa-singillar!

Sizlarni 8 mart – «Xalqaro Xotin-qizlar kuni» bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

Ona tabiat chiroy ochib, atrof-muhit yashil libosga burkanib, bahor nashidasi tobora kuchayib borayotgan ayni shu fusunkor ayyomda Siz ayollarni, Sizlarning timsolingizda barcha xotin-qizlarni 8 mart bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.

Bu dunyoda shirin va ahil, baxtli hayot uchun poydevor yaratib, insonni inson, oilani mustahkam oila qiladigan, biz uchun sevgi-muhabbat, vafo va sadoqat timsoli boʼlib kelayotgan Siz, goʼzal va betakror, qadrdon ayollarimiz, desak, ayni haqiqatni aytgan boʼlamiz.

Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va koʼrki boʼlgan xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom koʼrsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat boʼlib kelgan va shunday boʼlib qoladi. Chunki Sizlar bilan hayotimiz goʼzal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir.

Aziz va qadrli opa-singillar! Parrandachilik sohasida xizmat qilayotgan barcha xotin-qizlarni bahor elchisi boʼlgan, oʼzingizdek goʼzal va dilbar bayramingiz bilan yana bir bor tabriklar ekanmiz, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga baraka tilaymiz. Umringiz uzoq, iqbolingiz ziyoda boʼlsin! Barcha ezgu orzu-niyatlaringiz amalga oshsin! Doimo oilangiz va farzandlaringiz, el-yurtimiz ardogʼida boʼling!

«Parrandasanoat» uyushmasi jamoasi