Namangan muhandislik-qurilish instituti sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabasi, «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni sohibi, “Fujoze teks” MChJ rahbari Jahongir Abduraimov Germaniyaning “Mimiya” kompaniyasi rahbari Yasmin Saripkaya bilan qiymati 6,5 mln AQSh dollari bo‘lgan shartnomani imzoladi. Bu haqda Effect.uz sayti NamMQI media markaziga asoslanib xabar bermoqda.
Zotdor parrandalarni (g‘oz va o‘rdaklar) chatishtirish yo‘li orqali yangi parranda zotlarini yaratishga mo‘ljallangan laboratoriya loyihasi tufayli ularning importiga ehtiyoj qolmaydi.
Loyiha ishga tushirilganidan so‘ng parranda mahsulotlarining 80 foiz eksport qilinishi, qolgani esa ichki bozorni to‘ldirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.
Labaratoriya Chortoq tumanida Germaniya, Turkiya va Serbiya investorlari hisobiga quriladi. Natijada 140 kishi muqim ish bilan ta’minlanadi.
Tadbirkor ayni paytda Serbiyada xizmat safarida bo‘lib turibdi.