Bu haqda Prezident topshirig‘iga ko‘ra, 1 iyuldan berilishi kerak bo‘lgan subsidiya miqdori tuxum uchun 3 barobar (har bir sotilgan tuxumga 150 so‘m), parranda go‘shti uchun esa 2 barobar (har bir kilogrammiga 1,5 ming so‘m) oshirilib, to‘lovlar 1 iyundan boshlanadi.
Omuxta yem va parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga aylanma mablag‘ni to‘ldirish va parrandachilik loyihalari uchun kreditlarning Markaziy bank asosiy stavkasidan yuqori qismi qoplab beriladi.
Parrandalarni so‘yishga mo‘ljallangan zamonaviy kompleks loyihalari bo‘yicha xarajatlarning bir qismi kompensatsiya qilinadi.
Parrandachilik korxonalari uchun foyda, mol-mulk, yer va suv soliqlari stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.
Parrandachilik loyihalarini amalga oshirishga Mikrokreditbank masʼul bo‘ladi va unga davlat tomonidan 50 million dollar resurs ajratiladi. Ishlar natijasiga qarab yana 50 million dollar beriladi.