Контактный номер

+998 (71) 271-64-26

Контактный номер

+998 (71) 202-12-00

“Parrandasanoat” uyushmasiga aʼzo parrandachilik korxonalari rahbarlariga

“Parrandasanoat” uyushmasi Kengashi Sizni uyushma aʼzolarining navbatdagi umumiy yigʼilishiga taklif etadi.
Yigʼilish 2022 yil 12 mart kuni soat 11-00 da Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qoʼmitasining 1 qavatdagi majlislar zalida hamda ZOOM platformasi orqali oʼtkaziladi.
Yigʼilish ishtirokchilarini roʼyxatga olish 10-30 da boshlanadi.

Yigʼilish kun tartibi:

1. Uyushmaning 2021 yilda erishilgan natijalari hamda
2022 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan asosiy masalalarni belgilash.

2. “Parrandasanoat” uyushmasi Kengashi aʼzolari tarkibini qayta koʼrib chiqish.

3. “Parrandasanoat” uyushmasining yangi aʼzolari roʼyxatini tasdiqlash hamda uyushma bilan aloqani yoʼqotgan ayrim aʼzolarni uyushma tarkibidan chiqarish.

4. “Parrandasanoat” uyushmasining yangi tahrirdagi uyushma tarkibiga aʼzolikka qabul qilish, chiqarish hamda kirish va aʼzolik badallarini toʼlash tartibini tasdiqlash.

5. Uyushmaning 2021 yildagi tushumi va xarajatlari toʼgʼrisida maʼlumot hamda 2022 yilga moʼljallangan daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlash.

6. Uyushmaning moliyaviy holatini yaxshilash boʼyicha takliflar.

7. Parrandachilikda mavjud tizimli muammolar muhokamasi.

8. Uyushma faoliyatiga aloqador boshqa tashkiliy masalalarni koʼrib chiqish.

(Kun tartibi boʼyicha takliflarni “Parrandasanoat” uyushmasi Kengashiga parrandasanoat@inbox.ru elektron manzilga yuborish mumkin).

Yuqoridagilarni inobatga olib, Sizdan kun tartibidagi masalalar boʼyicha hisobotlarni eshitish va kelgusidagi ishlarni belgilab olish uchun shaxsan ishtirok etishingizni soʼraymiz.

Hurmat bilan,
B.ISАEV, Uyushma raisi