Контактный номер

+998 (71) 271-64-26

Контактный номер

+998 (71) 202-12-00

Vazn yo‘qotishda parranda go‘shti tavsiya qilinadi

Nufuzli Sport-Ekspress saytining endokrinolog Arseniy Rusanovni «Rossiyskaya gazeta» nashriga bergan intervyusiga asoslanib ma’lum qilishicha, vazn yo’qotishda parranda go’shti iste’mol qilish mumkin.

«Vazn yo’qotish jarayonida «oq» go’sht – parranda va quyon go‘shti iste’mol qilish mumkin. Vaznni yo’qotish uchun go’shtdan butunlay voz kechish shart emas, asosiysi kaloriya iste’molining to’g’ri muvozanatini saqlashdir. Eng yaxshi variant – «qizil» go’shtni cheklab, parranda go’shti, baliq, kam yog’li sut mahsulotlari hamda tuxumni oqsil manbai sifatida ishlatish. Turli xil oqsilga boy sabzavotlarni ham unutmaslik kerak», – deya tushuntirdi mutaxassis.

Arseniy Rusanov dietaning kunlik kaloriya tarkibini kuzatish muhimligini ta’kidladi. Mutaxassis ayollarga kuniga 1200-1600 kkal, erkaklar esa 1500-1900 kkal.dan oshmasligini maslahat beradi. Bundan tashqari, menyudan tez ovqatlanish, kolbasa va yarim tayyor mahsulotlarni chiqarib tashlash kerakligini tavsiya qiladi.