O‘zbekiston Respublikasi Parrandasanoat uyushmasi faoliyati
Respublika “Parrandasanoat” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada parrandachilikni rivojlantirish va yirik sanoat parrandachilik korxonalarini imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish hamda “Respublika parrandachilik uyushmasi” faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2010 yil 15 fevraldagi 03-35-20-sonli yig‘ilish bayonnomasida belgilangan topshiriqlar asosida nodavlat notijorat tashkiloti sifatida tashkil etildi va Adliya vazirligida 18.03.2010 yilda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Uyushma ustaviga muvofiq, Uyushmaning asosiy maqsadlari va vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:
Uyushma aʼzolarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini ifodalash, hamda himoya qilish;
Определение перспективной стратегии устойчивого развития птицеводства в республике;
Uyushma tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarga uslubiy, tashkiliy-texnik va axborot xizmatlarini ko‘rsatish;
Marketing tadqiqotlarini tashkil etish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, ularning jahon bozorlariga kirib borishiga ko‘maklashish;
Uyushma tarkibiga kiruvchi korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlashda, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalar va kredit resurslarini keng jalb etishga ko‘maklashish;
Uyushma aʼzolarining manfaatlarini xalqaro maydonda namoyish qilish, chet eldagi tarmoq korxonalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish;
Uyushma aʼzolarini Respublika va xorijiy mamlakatlarda parrandachilikni rivojlantirish va yangi ilg‘or texnologiyalarni joriy etish to‘g‘risidagi axborotlar va boshqa materiallar bilan taʼminlashda ko‘maklashish;
Uyushma aʼzolari xodimlarining professional tayyorgarligi, malakasini oshirish tizimini tashkil etish, ushbu maqsadlarda kurslar, uchrashuvlar, seminarlar va simpoziumlarni o‘tkazish.
“Parrandasanoat” uyushmasi tashkiliy tuzilmasi
Uyushma tomonidan bugungi kunda olib borilayotgan ishlar
Uyushma aʼzolari mahsulotlarini chetga eksport qilish va chetdan keltiriladigan asbob-uskunalar, ozuqa qo‘shimchalari va veterinariya preparatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida, chet ellik hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli ishlar amalga oshirilib, ozuqa uchun bug‘doy, vitaminli-mineral ozuqa qo‘shimchalari, fermentlar, immunagen moddalar va shunga o‘xshash ozuqa qo‘shimchalari parrandachilarimizga yetkazib berish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Parrandachilik xo‘jaliklari manfaatlarini turli davlat organlarida ifoda etish va huquqlarini himoya qilish bo‘yicha uyushma mutaxassislari joylarga chiqib, amaliy yordam ko‘rsatmoqdalar. Jumladan, parrandachilik xo‘jaliklarida vujudga kelgan soliq va bojhona to‘lovlari bo‘yicha nizolar yuzasidan uyushma aʼzolari huquqlarini himoya qilish yuzasidan uyushma mutaxassislari 10 dan ortiq xo‘jalik sudlarida ishtirok etdilar va ijobiy natijalarga erishdilar.
Uyushma tomonidan parrandachilik tarmog‘ining muhim masalalari bo‘yicha Hukumat va turli davlat idoralari jumladan, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Markaziy bank, “O‘zdonmahsulot” AK, Respublika tovar xom-ashyo birjasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AK, “O‘ztransgaz” AK, Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi bilan yozishmalar va muzokalar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, o‘tgan davr mobaynida yuqori rentabelli hisoblangan parrandachilik faoliyatini aholi o‘rtasida targ‘ibot qilish va ommalashtirish maqsadida, “Parrandasanoat” uyushmasi mutaxassislari tomonidan parrandalarni turlari: tuxum yo‘nalishidagi jo‘ja va tovuqlar, broyler jo‘jalari, kurka, g‘oz, o‘rdak, bedana, kaklik, tuyaqush, qirg‘ovul, tovus va xonakilashtirilgan sesarkalarni parvarishlash bo‘yicha, jami 12 xildagi “Tavsiyanoma”lar o‘zbek tilida tayyorlanib, nashrdan chiqarildi. Ushbu “Tavsiyanomalar” parrandachilik sohasiga qiziqqan va yosh parrandachilar faoliyatida asqotadi deb o‘ylaymiz.