1. Oq va jigarrang tuxumlarning umuman farqi yo’q. Qobiq rangi genetik xususiyat bo’lib, hech qanday tarzda ozuqaviy qiymatga, ta’mga yoki sifatga ta’sir qilmaydi.

2. Nima uchun tuxumni muzlatgichda saqlagan yaxshi? – + 6° C dan past haroratda Salmonella bakteriyalari ko’paymaydi.

3. Tuxum uchi pastga qaragan shaklda joylashtirilsa, uzoqroq saqlanadi.

4.Tuxum g’ovak qobig’i tufayli juda yaqin turgan o’tkir hidli ovqatlarning hidlarini osongina o’zlashtiradi.

5. Agar suvi bor idishga solingan tuxumlar gorizontal holatda idish tubiga cho’kkan bo’lsa, unda ular juda yangi.

6. Tuxum bosadigan tovuq yiliga taxminan 250 ta tuxum qo’yadi.

7. Tuxum sarig’i tarkibidagi lesitin organizmdagi xolesterin miqdorini me’yorda saqlashga yordam beradi.

Do’stlar, agar sizda biron bir savol bo’lsa, keling, izohlarda muhokama qilamiz!