Tuxum yo‘nalishidagi jo‘jalarini yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar
Respublika “Parrandasanoat” uyushmasi
Tuzuvchi: X.I.Narmuxamedov

 

Broshyurada tuxum yo‘nalishidagi jo‘jalarni parvarish qilish, inkubatorlardan parrandaxonalarga joylashtirish, zarur bo‘lgan uskunalar, suv ichish va oziqlantirish frontlari, xona harorati,nisbiy namligi, yoritilishi, havo almashinuvi meʼyorlari, jo‘jalarni yoshiga qarab ozuqa tarkibi o‘zgarishi va ozuqa sarfi meʼyori, mahalliy sharoitda ko‘p uchraydigan yuqumli kasalliklar va ularga qarshi o‘tkaziladigan veterinariya chora – tadbirlari to‘g‘risida maʼlumotlar berilgan.Ushbu tavsiyalar parranda boqishni maqsad qilgan keng ommaga mo‘ljallangan.

SO‘Z BOSHI

Xalqimizda parrandachilikni “yetti xazinaning biri” degan naql bor, bu albatta bejiz aytilmagan. Darhaqiqat, ishlab chiqarishni omilkorlik asosida tashkil qilish, nisbatan kichik maydonlarga katta – katta ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish imkoni borligi, urchitish va ishlab chiqarish sikllari davomiyligining qisqaligi, ishlab chiqarish jarayonlarining tashqi omillarga (yaylov – iqlim sharoitlari, qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligi, yil fasllari va hakozolar) yaqindan bog‘lanmaganligi parrandachilikni respublikaning barcha tuman – qishloqlarida tashkil qilish imkonini beradi.Chunki biroz diqqat-eʼtibor, ishtiyoq, mehr bilan parrandani parvarishlashga kirishsangiz, ko‘p fursat o‘tmay tuxum va parranda go‘shtidek tansiq taomlar xom ashyosiga ega bo‘lasiz. Binobarin, maslahatimiz uy sharoitida, yoki keng miqyosda qanday qilib parrandalarni parvarishlash, ko‘paytirish va ulardan samarali hamda foydali oziq-ovqat mahsulotlari olish to‘g‘risidadir.Uy tovuqlari Shimoliy Hindistonda paydo bo‘lgan. Boshqa qishloq xo‘jalik parrandalariga nisbatan tovuqlar ko‘proq eʼtirof etilgan va tarqalgan. Ular sanoat parrandachiligi fabrikalarida, fermer xo‘jaliklarida, shuningdek, uy sharoitida yetishtiriladi. Tovuqning keng tarqalishiga sabab uning ko‘p tuxum berishi va go‘shtga tez fursatda yetilishidir.Tuxum yo‘nalishidagi parrandalarning hozirgi kunda eng mahsuldor zamonaviy krosslaridan Lomann (Germaniya), Xayseks, Bovans, Dikalb (Gollandiya), Xay-Layn (AQSH) va Rodonit, Sheyver (Rossiya) zotlari maʼlum. Tovuqlar bir yilda uy sharoitida 300 donagacha, sanoat parrandachiligida 350 donagacha tuxum berishi mumkin. Bir dona tovuq tuxumining og‘irligi 40—65 grammgacha boradi.Ushbu tavsiyalarni tayyorlashda internet maʼlumotlaridan foydalanildi.

Jo‘jalarni texnologik yetishtirishni tashkil qilish

Galani to‘ldiruvchi tovuqlarni tarbiyalab o‘stirish, gibrid jo‘jalarning ko‘ngildagidek o‘sib rivojlanishi uchun yetarli sharoitlar yaratilishi talab etiladi.

Xo‘jalikda tuxum yo‘nalishidagi jo‘jalarni texnologik yetishtirish quyidagi asosiy tamoyillarni inobatga olgan holda tashkillashtiriladi:

  • parrandani yuqori mahsuldor kross(nasl)larini qo‘llash;
  • yosh jo‘jalarni va tovuqlarni biologik, yaʼni o‘z tarkibida meʼyorga asosan ozuqa moddalari, mineral komponentlar va mikroelementlari mavjud bo‘lgan premiks bilan boyitilgan, to‘yimli va yuqori sifatli omuxta yem bilan oziqlantirish;
  • parrandalarni yopiq binoda va optimal mikroklimati (xona harorati, havo namligi va almashinuvi), yoshidan kelib chiqib mavjud yoritish ratsional tizimi va fiziologik holatlarini inobatga olgan holda parrandaxona (bino)larda o‘stirish, boqish va parvarish qilish;
  • yuqumli va yuqumsiz parranda kasalliklariga qarshi samarali veterinariya-profilaktik chora-tadbirlarini qo‘llash: binoni sanatsiya qilish, deratizatsiya, dezinseksiya, dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazish, bir vaqtning o‘zida bir xil yoshdagi parrandalar bilan binoni to‘ldirish, o‘z vaqtida yuqumli kasalliklarga qarshi emlash (immunizatsiya qilish) va boshqalar.

Jo‘jalarni inkubatorlardan parrandaxonalarga o‘tkazish

Jo‘jalarni parrandaxonalarga o‘tkazishdan oldin, ularning sog‘lom va tetik holatda ekanligiga amin bo‘lishimiz lozim. Jo‘jalarni keltirishdan oldin parrandaxonalar yoz mavsumida 24 soat, qish mavsumida 48 soat isitishga qo‘yiladi. Parrandaxona bo‘yicha yem va suvning taqsimlanishi: jo‘jalarni joylashtirish vaqtida suvning harorati xona haroratiday bo‘lishi uchun jo‘jalarni keltirishdan maʼlum vaqt oldin suvdonlarda jo‘jaxonaga bir maromda qo‘yiladi, jo‘jalar joylashtirilgandan so‘ng omuxta yemlar (boshlang‘ich) tarqatiladi. Kataklarda boqiladigan jo‘jalar uchun

kataklarni tayyorlagan zavodning yo‘riqnomasiga asosan kataklarning poli va sim to‘rlari sozlanadi.

Jo‘jalarni joylashtirish oldidan qafaslarning pastki qismiga 20×30 sm o‘lchamidagi besh varaq qog‘oz ustma – ust qilib to‘shaladi. Inkubatordan chiqarilgan jo‘jalar 6 soat ichida qafaslarga quyidagi zichlik meʼyorlariga qatʼiy amal qilgan holda joylashtiriladi: 1 – 3 haftalik yoshdagilar 350

sm2/bosh, 3 – 16 haftalik yoshdagilar 450 sm2/bosh, 16 hafta va undan katta yoshdagilar 500 sm2/bosh.

Joylashtirish zichligi meʼyorlarga amal qilingandagina, jo‘jalarning oziqlanishi va suv ichishiga yetarli sharoit yaratilgan bo‘ladi. Joylashtirish zichligi oshirilganida parrandalar mahsuldorligi pasayadi, kamaytirilganda esa ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samarasi tushib ketadi.

Suvdon hamda yemdonlarning atrofiga tez va chaqqonlik bilan jo‘jalar joylashtiriladi. Kataklarga joylashtirishda xonani oxiridan boshlab hamma kataklarga bosh soni bir xil miqdorda taqsimlanadi. Jo‘jalar parrandaxonaga joylashtirib bo‘lingach, bir necha soat o‘tgandan so‘ng ularning yangi joyga moslashib olganligi ko‘zdan kechirib chiqiladi.

Jo‘jalarning shu vaqtdagi holati asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Jo‘jalar bir tekis tarqalgan va bemalol harakat qilayotgan bo‘lsa, demak, xona harorati va xonani shamollatish (ventilyatsiya) meʼyorda bo‘ladi.

Jo‘jalar bir joyga to‘planishib, g‘ujanak bo‘lib turishgan yoki xonaning bir joyidan o‘zlarini olib qochishayotgan bo‘lsa, demak, xona harorati past yoki yelvizak paydo bo‘lgan bo‘ladi.

Jo‘jalar polda cho‘zilib yotib, tumshug‘ini ochib harsillab nafas olayotgan bo‘lsa, demak, xona harorati juda isib ketgan bo‘ladi.

Jo‘jalarni o‘stirishning dastlabki kunlarida barcha kiruvchi va chiquvchi shamollatish moslamalari (darchalari) berkitiladi, shamollatgichlar ishlatilmaydi. Bino ichi harorati va havosi sifatiga qarab shamollatgichlar asta – sekin ishlatila boshlaydi, bunda bino harorati o‘ta sovib ketmasligi, yelvizak bo‘lmasligi talab etiladi. Jo‘jalarga berilayotgan ozuqa va suv harorati bino ichi havosi harorati darajasida bo‘lishi kerak.

Mabodo jo‘jalarning suv ichmayotganligi kuzatilsa, unda qafasning har bir bo‘lmasidan 2 – 3 boshdan jo‘ja olib, vakuum sug‘orgichdagi suvga tumshug‘i botirilgach, darhol suv ichishni boshlashadi, qolganlari esa ularga taqlid qilishadi. Jo‘jalar birinchi bor sug‘orilganidan so‘ng, yerga to‘shalgan qog‘oz ustiga ko‘pi bilan 1 sm qalinlikda ozuqa sepiladi. To‘shalgan qog‘oz har kuni bir varaqdan kamaytirilib boriladi. O‘stirishning dastlabki kunlarida avto sug‘orgichning liq to‘la bo‘lishini taʼminlash lozim. Jo‘jalar sug‘orgichlarga o‘rganganlaridan keyin undagi suv sathi kamaytiriladi.

Sug‘orgichlar doimo toza bo‘lishi kerak.

Suvning harorati qancha bo‘lish kerakligi quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan:

1-jadval

Jo‘ja yoshi (kun)

Suv harorati (°C)

1 – 3

31 – 33

4 – 7

28 – 30

8 – 14

26 – 28

15 – 21

24 – 26

22 – 28

22 – 24

29 – 35

20 – 22

O‘stirishning oxirigacha

18 – 20

Jo‘jalarga berilgan sovuq suv oshqozon – ichak yo‘lida turib qoladi, chunki suv issiqligi organizmni harorati darajasiga ko‘tarilmaguncha modda almashish jarayonlarida ishtirok eta olmaydi. Bu suvning isishi uchun jo‘ja organizmi o‘z issiqlik balansidan qo‘shimcha issiqlik ajratishga majbur bo‘ladi. Bu esa jo‘jalar vaznining ortishiga xalaqit berib, shamollashga olib keladi.

Hayotining birinchi kunlaridanoq jo‘jalarni muhitning noqulay sharoitlari (stress omillari) taʼsiridan asrash lozim, chunki bu ularning o‘sishini sekinlashtiradi, organizm chidamligini pasaytiradi. Qafasli batareyaning barcha qismlarida bir xil mikroiqlim(mikroklimat) yaratishning iloji bo‘lmagan taqdirda bir kunlik jo‘jalarni qafasning o‘rta va yuqori qavatlariga, 3 haftalik bo‘lganidan keyin esa barcha qavatlar bo‘yicha tekis joylashtiriladi. Olti haftaligidan tirik vazni bo‘yicha ular qayta joylashtiriladi, yaʼni o‘rtadan past vaznli jo‘jalar pastki qavatga, o‘rta vaznlilari o‘rta qavatga, o‘rtadan yuqori vaznlilari yuqorigi qavatga joylashtiriladi.

Dastlabki 2 hafta davomida jo‘jalarga quruq ozuqa kuniga 6 marta, 2 – 8 haftaligida 4 marta, 8 haftaligidan to o‘sish davrining oxirigacha 3 martadan beriladi. Jo‘jalarga qanchalik erta suv va ozuqa berilsa, qoldiq tuxum sarig‘i o‘shanchalik tez so‘riladi, jo‘jalarning omon saqlanish miqdori oshadi, o‘sishi va rivojlanishi yaxshilanadi, foydalanishga yaroqli jo‘jalar salmog‘i ko‘payadi.

Jo‘jalarning sog‘lom o‘sishi va rivojlanishini nazorat qilish maqsadida ularning vazni vaqti – vaqti bilan tarozilarda 5 gr.gacha aniqlikda o‘lchab turiladi, ularni pat o‘sishi, yoshi bo‘yicha tullash darajasi, umumiy holati bo‘yicha baholanadi. 6, 10 va 14 haftaligida vazn o‘lchami natijalariga qarab jo‘jalar galasining bir tekis o‘sganligi aniqlanadi. Bir xil yiriklikda bo‘lgan jo‘jalarni asrash osonligi, mahsuldorligi ancha yuqori bo‘lishligi, po‘stlog‘i mustaxkam bo‘lgan tuxum berish xislatiga ega bo‘lishligini unitmaslik kerak.

Galadagi jo‘jalar gavdasi birdek tekis bo‘lmasligi, yaʼni har xil yiriklikda bo‘lishi, ularning dastlabki kunlarida bino ichi haroratining o‘ta yuqori yoki o‘ta past bo‘lishi, tumshug‘ining chala qirqilishi, har xil yoshli parrandalarning bir joyda saqlanishi, ozuqa tarqatishning noqulay tizimi, qafaslarda turli yoshdagi parrrandalarni bir joyda saqlanishi, ozuqa tarqatishning noqulay tizimi, qafaslarda bir xil zichlikni mavjud emasligi, kasalikka chalinish, to‘liq oziqlanmaslik va boshqalar sabab bo‘lishi mumkin. Jo‘jalarning ozuqa va suv isteʼmoli, axlatining ko‘rinishi har kuni hisobga olinadi. Meʼyorlardan keskin farq qilish jo‘jalarni o‘stirish sharoitlarining buzilganligi yoki kasallikka chalinganligidan darak beradi.

Jo‘jalarni parvarish qilish uchun zarur bo‘lgan uskunalar

2-jadval

Nomi

Jo‘jalar yoshi haftada

Hisobi

Jo‘jalar uchun suvdon

1

100 boshga 1ta suvdon (4-5l)

Yumaloq suvdon

20 tagacha

125 boshga 1ta suvdon (R-46 sm)

Liniyali suvdon

20 tagacha

100 boshga 1 pog.metr

Tomchilik suvdon

20 tagacha

6—8 boshga 1ta nipel

Jo‘jalar yemdoni

1-2

60 boshga 1ta yemdon

Qirqma karton tara

1-2

100 boshga 1ta yemdon

Yumaloq yemdon

3-10

100 boshga 2ta yemdon (R-40 sm)

Yumaloq yemdon

11-20

100 boshga 3ta yemdon (R-40 sm)

Tuxum yo‘nalishidagi jo‘jalarni boqishda yerda boqishga nisbatan kataklarda boqish ko‘p afzalliklarni beradi. Buning uchun yosh jo‘jalar uchun bir yarusli R-15 va uch yarusli BKM-3 katak uskunalarini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Hozirgi vaqtda Germaniyaning “MELLER”, “HELLMANN” va “SALMET”, Gollandiyaning “FACCO”, Ukrainaning “TEXNA”, Turkiyaning “KAVSAR”, Eronning “ARSAMKAR” kompaniyalarining texnologik ilg‘or anjomlari sanoat parrandachiligining zamonaviy talablariga to‘liq javob beradi. Xitoy davlatida ishlab chiqilgan parrandachilik texnologik anjomlariga ham parrandachilar tomonidan talablar mavjud.

Atrof muhit, tashqi sharoit parrandaning sog‘ligi va mahsuldorligiga o‘z taʼsirini ko‘rsatadi. Binodagi harorat, havo namligi va uning tarkibidagi zararli gazlar asosiy omillardan hisoblanadi. Parrandaning yoshidan kelib chiqib optimal xona haroratini aniqlash mumkin.

3-jadval

Yoshi

Xona harorati

Yoshi

Xona harorati

1—2 kun

36—35

3 hafta

27—26

3—4 kun

34—33

4 hafta

24—22

5—7 kun

32—31

5 hafta

20—18

2 hafta

29—28

6 hafta

18—20

Parrandaning holati xona haroratining eng yaxshi optimal ko‘rsatkichi hisoblanadi. Xona haroratining tez pasayib ketishidan ehtiyot bo‘lib, asta-sekinlik bilan xona harorati pasaytirib boriladi.

Shuni taʼkidlash lozimki, havo harorati +30 °C dan past bo‘lsa, qoldiq tuxum sarig‘i sekin surilishi, yuqumlikasalliklardan jo‘ja o‘limi oshishi aniqlangan. Shu sababli jo‘jalarga inkubatorda ishlov berish, tashish va jo‘jaxonaga joylashtirish paytlarida harorat tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Tunda harakatlanmaganligidan jo‘jalarga kunduzga nisbatan kechasi ko‘proq issiqlik kerak bo‘ladi. Jo‘jaxona sovuq bo‘lganda, jo‘jalarning patlari hurpaygan, nam bo‘ladi, ertalab charchagandek kam harakat qiladi, ozuqani sust cho‘qiydi va issiq joyga o‘tishga oshiqadi.

Xonada nisbiy namlik 60-70% ni tashkil etishi lozim.

Bir kunlik jo‘jalar parrandaxonaga keltirilgandan keyin birinchi 2—3 kunlikda yorug‘lik 24 soat davomida beriladi. Bu jo‘jalarning yangi muhitga moslashishiga, o‘z kuchini tiklab olishiga va kerakli miqdorda ozuqa hamda suv isteʼmol qilishiga imkon beradi.

Quyidagilar tuxum yo‘nalishidagi parrandalarga yorug‘lik berishning asosiy qoidalari hisoblanadi:

  • parrandalarni o‘sish davrida hech qachon yorug‘lik davrini uzaytirmaslik;
  • parrandalarning mahsulot (tuxum) berish davrida hech qachon yorug‘lik davrini qisqartirmaslik.

Oynasi yo‘q binolarda tuxum yo‘nalishidagi parrandalarni o‘stirishda qo‘llaniladigan yorug‘lik rejimi:

4-jadval

Yoshi (hafta)

Yoritish vaqti (soat)

Yoritish kuchi va maydoni

standart

V/m2

lyuks

1—2 kun

24

3

20—40

3—6 kun

16

3

20—30

2

14

2

10—20

3

12

2

10—20

4

10

1

4—6

5 —16

9

1

4—6

17

10

2

5—7

18

11

2

5—7

19

12

2

5—7

20

13

3

10—15

21—25

14

3

10—15

Parrandaxonaga yorug‘lik va qorong‘ilikni almashlab berish tartibiga amal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Jo‘jalarni 3 kundan boshlab 10 kungacha yorug‘-qorong‘i tartibi bo‘yicha boqiladi, yaʼni jo‘jaxona 4 soat yorug‘lik va 2 soat qorong‘ilik qilib boriladi. Keyin doimiy, lekin asta-sekin kamaytirib boriladigan yorug‘lik tartibiga o‘tiladi.

5-jadval

t/r

Yorug‘lik

Qorong‘ilik

vaqti

davomiyligi

vaqti

davomiyligi

1

600 —1000

4

1000 —1200

2

2

1200 —1600

4

1600 —1800

2

3

1800— 2200

4

2200 —2400

2

4

2400 400

4

400 600

2

 

Ushbu tartibni qo‘llash tuxum yo‘nalishidagi jo‘jalarni boqishda quyidagi afzalliklarni beradi:

  • jo‘jalar bir vaqtning o‘zida birgalikda dam oladi va uxlaydi, ularning harakatlari (o‘zini tutishi) uyg‘unlashadi;
  • suv ichish va ozuqa isteʼmol qilishda kam quvvat jo‘jalar ham faollashadi;
  • jo‘ja galalarining harakati muvozanatlashadi;
  • bir haftalik jo‘jalar ichida o‘lim holatlari kamayadi.

Jo‘jalarni oziqlantirish

Jo‘jalarni to‘yimli va yuqori sifatli yemish bilan oziqlantirish baquvvat, tana tuzilishi yaxshi rivojlangan, sog‘lom, mahsuldor parrandalar yetishtirishning garovidir.

Jo‘jalar inkubatoriyalardan olib kelingandan keyin ularga eng avvalo suv beriladi. Suv shisha bankada, yaʼni vakuumli suv idishlarda qo‘yiladi. Bunday idishlar soni jo‘jalar bemalol suv ichishi uchun yetarli darajada bo‘lishi kerak.

Galani to‘ldiruvchi sog‘lom jo‘jalarni o‘stirish uchun dastlabki 4 – 5 kunda jo‘jalarni start oldi yoki boshlang‘ich ratsion bo‘yicha oziqlantirish kerak. Bunda omuxta yem to‘yimliligi, maʼdanli elementlar, biologik faol moddalari bo‘yicha meʼyoriga keltirilgan, yengil hazm bo‘luvchi ozuqalardan (makkajo‘xori, soya, baliq uni, quruq sut) tayyorlangan bo‘lishi talab etiladi.

Bir kunligidan boshlab jo‘jalarga tarkibiga 4 – 6 foiz miqdorida yog‘i olingan sut yoki yog‘li sut aralashtirilgan omuxta yem berishni boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Maʼdanli moddalar almashinuvining parrandalar uchun naqadar muhimligi inobatga olinadigan bo‘lsa, ratsionda kalsiy va fosfor miqdorini, ayniqsa jo‘jalar o‘stirishning dastlabki oyida meʼyorlashtirish talab etiladi. Agar start oldi ratsionlariga kalsiy va fosforga boy moddalar qo‘shilishi kerak bo‘lsa, buni ratsionga ohak uni, mayda zarrali ozuqa bo‘rini qo‘shish orqali hal qilish mumkin. Start oldi ratsioni tarkibiga kiruvchi moddalar 0,5 – 1,0 mm o‘lchamli zarralar ko‘rinishida bo‘lishi kerak. Dastlabki 2 – 3 kunda jo‘jalarga 1 gr/l quyuqlikdagi askorbin kislotasi qo‘shilgan 6–8 foizli glyukoza yoki shakar eritmasining ichirilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

O‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar jo‘jalar organizmining himoya kuchi dastlabki 5 kunda ancha kam bo‘lishini ko‘rsatdi, shu sababli ularga organizmning himoya kuchini oshiruvchi vositalar berish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu vositalarga eng avvalo sut achitqi bakteriyalarni kiritish mumkin.

Jo‘jalarga suv berilgandan so‘ng ularga boshlang‘ich (start oldi) yem aralashmasi beriladi.

1—5 kunlik jo‘jalarga quyidagi tarkibdagi yem aralashmasi variantlari tavsiya etiladi:

6-jadval

Jo‘jalar yoshi

Ozuqa nomi

Hajmi (foiz hisobida)

I-variant

II-variant

III-variant

1—5 kun

Bug‘doy

40

14

40

Makka doni

35

50

40

Arpa (suli) uni

10

Soya shroti

20

14

10

Quruq sut

5

8

6

Baliq uni

2

2

O‘simlik yog‘i

2

2

Bundan tashqari vitamin-mineralli premiks

0,1

0,1

0,1

Jo‘jalar sog‘lom va bir tekis o‘sishi uchun muvozanatlashtirilgan ozuqaning meʼyor darajasida berilayotganligi katta ahamiyat kasb etadi. Birinchi o‘n kunlikda jo‘jalarga suvda 30 daqiqa qaynatilib pishirilgan tuxum hamda tvorog (suzma, chakki) berilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Qaynatilgan tuxumni po‘stlog‘idan tozalanib pichoqda maydalanib, bug‘doy yormasi bilan aralashtiriladi. Shu usulda tvorog ham jo‘jalarga oziqlantirish uchun beriladi.

Jo‘jalarga 5 kunligidan boshlab haftada bir marta berilayotgan 100 kg yem aralashmasiga 1 kg elangan, kattaligi 1—2 mm keladigan tosh (graviy) berish kerak bo‘ladi. Mayda tosh muskulli oshqozonda yem aralashmasini ezib maydalashga va hazm qilishga yordam beradi.

Jo‘jalarga beriladigan tosh meʼyori, gr.

7-jadval

Yoshi hafta

Toshning kattaligi, (mm)

Bir bosh jo‘jaga har haftada

pol-to‘shamada

batareyali kataklarda

1—2

1,0—1,5

1,0

1,0

3-8

3,0—5,0

2,0

2,0

9 va undan katta

3,0—5,0

5,0

3,0

 

Quyidagi jadvalda jo‘jalarga beriladigan ozuqa meʼyori, ratsion tarkibi miqdoriga nisbatan foiz hisobida berilgan:

100 gramm ozuqa tarkibidagi energiya almashinuvi (OE) uchun kilokaloriyada, qolganlari uchun foizda berilgan.

8-jadval

Moddalar nomi

Yosh jo‘jalar (1 – 8 haftalik)

Yosh parrandalar ( 9 – 21 haftalik)

1

Energiya almashinuvi (OE)

290

260

2

Oqsil (xom protein)

20

14

3

Kletchatka (biriktiruvchi to‘qima)

5

7

4

Lizin

1

0,7

5

Metionin

0,45

0,32

6

Sistin

0,30

0,53

7

Triptofan

0,30

0,14

8

Arginin

1,10

0,77

9

Gistidin

0,35

0,25

10

Leysin

1,40

0,98

11

Izoleysin

0,70

0,49

12

Fenilalanin

0,63

0,44

13

Tirozin

0,60

0,40

14

Treonin

0,70

0,49

15

Valin

0,80

0,56

16

Glitsin

1,00

0,70

17

Sa (kalsiy)

1,10

1,20

18

R (fosfor)

0,80

0,70

19

Na (natriy)

0,30

0,30

 

Jo‘jalarga beriluvchi ozuqalarning to‘yimlilik meʼyorlari quyidagi chegaralarda bo‘lishi tavsiya etiladi (foizda):

9-jadval

Ko‘rsatkichlar

Ratsionlar

6 – 21 kun (boshlang‘ich davri)

22 – 56 kun (o‘sish davri)

57 – 112 kun (rivojlanish davri)

113 – 119 kun (tuxum qo‘yish arafasi)

Xom protein

19,5

17,5

15,0

16,5

Energiya almashinuvi:

Kkal/kg MDj/kg

2900

12,1

2825

11,8

2775

11,6

2775

11,6

Kletchatka

2,5

3,0

3,0

3,5-5,0

Xom yog‘ (ko‘pi bilan)

6,5

7,0

7,0

7,0

Linol kislota

1,2

1,0

1,0

1,2

Lizin

1

1

0,7

0,7

Metionin

0,45

0,40

0,34

0,38

Triptofan

0,30

0,20

0,17

0,14

Treonin

0,70

0,60

0,53

0,49

 

Eslatma: Yilning issiq paytlarida 1 tonna ozuqaga 100 gr. askorbin kislotasi qo‘shish tavsiya etiladi.

Jo‘jalarga 6 kunligidan 119 kunlik yoshigacha beriladigan yem aralashmasi miqdori (foiz hisobida).

10-jadval

Ozuqa tarkibi

Jo‘jalar yoshi

6 – 21 kun (boshlang‘ich davri)

22 – 56 kun (o‘sish davri)

57 – 112 kun (rivojlanish davri)

113 – 119 kun (tuxum qo‘yish arafasi)

Bug‘doy doni

35

40

50

41

Makkajo‘xori doni

25

26

25

25

Soya shroti

22,3

18,6

7,5

15

Kungaboqar shroti

10

12

14

12,1

Baliq uni

4

O‘simlik yog‘i

0,53

0,6

0,6

1,6

Ozuqa ohagi (izvestnyak)

0,5

0,5

1,2

3

Monokalsiy

1,8

1,8

1,2

1,8

Lizin (monoxloridgidrat)

0,45

0,1

0,1

0,08

Metionin

0,17

0,15

0,1

0,12

Osh tuzi

0,25

0,25

0,3

0,3

Bundan tashqari, vitamin- mineralli premiks

0,1

0,1

0,1

0,1

Jo‘jalarni o‘stirish davrida har kuni berilayotgan yem aralashmasiga 0,2 – 0,3 foiz miqdorida osh tuzi suvda eritib, bir tekisda aralashtirilib beriladi. Yem aralashmasiga har bir bosh jo‘jalar uchun vitamin-mineralli “Rovimiks” yoki boshqa qo‘shimchalarini 1 gramm hisobidan berish yaxshi natijalar beradi. Boshqa vitaminlardan “Reks Vital”, “Chiktonik”, “Chokke”, “Trivit”, “Tetravit” va boshqalarni ham tavsiya qilish mumkin.

Parrandalarni vitaminlar(darmondori)ga bo‘lgan talabi:

1 tonna ozuqa tarkibidagi A, D3 vitaminlari uchun million IE(internatsional birlik)da, qolganlari uchun grammda berilgan.

11-jadval

Vitaminlar nomi

Yosh jo‘jalar (1 – 8 haftalik)

Yosh parrandalar ( 9 – 21 haftalik)

1

А

10,0

7,0

2

D3

1,5

1,5

3

Е

10,0

5,0

4

К

2

1

5

В1

1,5

0

6

В2

3

2

7

В3

10

10

8

В4

500

250

9

В5

20

20

10

В6

2

1

11

Вс

0,5

0

12

В12

0,025

0,025

13

Н

0,1

0

14

С

50

0

Tuxum yo‘nalishidagi jo‘jalar uchun muvozanatlashtirilgan yem aralashmasining bir boshga bir kunlik taxminiy meʼyorlari:

12-jadval

Jo‘jalar yoshi (xafta)

Tuxum yo‘nalishidagi jo‘jalar uchun bir kunlik ozuqa sarfi meʼyori (gramm)

1

9-12

2

16-19

3

22-25

4

28-32

5

34-36

6

40-41

7

45-46

8

49-51

9

53-55

10

57-58

11

60-61

12

63-64

13

66-67

14

68-70

15

70-72

16

72-75

17

76-78

18

79-82

19

83-87

20

86-90

Jo‘jalarni o‘stirish davrida bir boshga to‘g‘ri keladigan maydon, yaʼni o‘stirish zichligiga ahamiyat berish ham asosiy tamoyillardan hisoblanadi.

Jo‘jalarni polda (qalin to‘shamada) o‘stirish davridagi texnologik parametrlari:

13-jadval

Parametrlar

Jo‘jalarning yoshi, hafta

4 haftagacha

5-16 hafta

17 va undan yuqori

O‘stirish zichligi, bosh/m²

12—14

8—10

6—8

Suv ichish fronti:

2

3

4

Yumaloq suvdonda, sm/bosh

Nipelli suvdonlar, bosh

8—9

7—8

4—6

Oziqlantirish fronti:

2,5

4,0

6,3

Yumaloq yemdon, sm/bosh

Uzunchoq yemdon, sm/bosh

5

8

10—12

Jo‘jalar 9 haftalikkacha jo‘jalar kletchatka va maʼdanli(mineral) moddalari kam bo‘lgan, protein (oqsil) va energiya almashinuviga boy ratsion bo‘yicha oziqlantirilishi kerak. Bu davrda oziqlantirish jo‘jalarning 5 haftaligidayoq eng yuqori vaznga ega bo‘lishi taʼminlansagina, kelajakda ularning yuqori mahsuldorlikka ega bo‘lishiga zamin yaratiladi.

O‘sish va rivojlanishning barcha davrlarida ham, ayniqsa dastlabki 4 hafta davomida ratsion tarkibini keskin o‘zgartirish kerak emas, chunki bu organizm muvozanatini buzib, parrandaning o‘sishini sekinlashtiradi.

Parrandaning keragidan oldin jinsiy voyaga yetmasligi uchun 9 haftaligidan 16 haftaligigacha tarkibi kletchatkaga boy, protein va almashinuvchi energiyasi kam bo‘lgan ratsion bo‘yicha oziqlantirilishi lozim. 16 haftaligidan tuxum berishga tayyorgarlik davri boshlanib, bu davrda parrandalarni xom protein va kalsiyga boy ozuqa aralashmasi bilan oziqlantirish lozim bo‘ladi.

Tirik vazni andozaviy o‘lchamlarga to‘g‘ri kelganidan so‘nggina parrandalar bir ratsiondan boshqasiga o‘tkaziladi.

Yosh parrandalar vaznining andozaviy meʼyorlardan yuqori yoki kam bo‘lishi turli xil ozuqalarni berish muddatlarini o‘zgartiradi.

Yuqumli kasalliklar

Parrandachilik xo‘jaliklarida Nyukasl, Marek va Gamboro (Yuqumli bursal) kasalliklariga majburiy tarzda parrandalarning barchasi emlanadi. Bu kasalliklarga qarshi emlash har qanday immunoprofilaktika dasturining asosini tashkil qiladi.

Marek kasalligi (parranda paralichi, parranda neyrolimfomatozi, parranda enzootik neyroensefalomiyeliti) – yuqori kontagioz o‘sma (limfoproliferativ) shaklidagi, virus etiologiyali, tovuqsimonlar otryadiga mansub parrandalarda rivojlanuvchi kasallik, uch xil yo‘nalishda: nevralgiya, ko‘z va o‘simta (shish) ko‘rinishida kechadi.

Qo‘zg‘atuvchisi – Hekresvirus oilasiga mansub virus bo‘lib, asosan aerogen yo‘li bilan tarqaladi.

Klinik holati – inkubatsion davri parranda yoshiga bog‘liq bo‘lib, 2 dan 16 haftagacha o‘zgarishi mumkin. Oyoq, qanot, bo‘yin, jig‘ildon(zob)da rivojlanib boruvchi parez va paralichlar paydo bo‘ladi, harakatlar bir-biriga nomuvofiq bo‘ladi, to‘liq paralich bo‘lgunga qadar qadam tashlashi qiyinlashadi va oyoq barmoqlari buralib, tirishib qolish holatlari kuzatiladi.

Davolash va profilaktika – o‘stirishga qabul qilinayotgan jo‘jalarni bir kunligida Marek kasalligiga qarshi amaldagi qo‘llanmaga muvofiq bir marta inkubatorda emlanadi. Hozirgi vaqtda quyidagi vaksinalar qo‘llanilmoqda:

Marek kasalligiga qarshi FS-126 shtammidan kurka gerpes virusi va tovuq gerpes virusidan suyuq kultural virusvaksinalari (Kursk biofabrikasi, Щyelkovsk biokombinati);

Marek kasalligiga qarshi kurka gerpes virusi va tovuq gerpes virusi shtammidan suyuq bivalent kultural virusvaksinalari (VNIIZJ);

Vaksina Nobilis Rismavac i Nobilis: + SA126 (“Intervet”); Keng spektrli kombinatsiyaga ega bo‘lgan vektorli vaksinalar: “Vectormune HVT+NDV” (Marek+Nyukasl), “Vectormune NVT+IBD” (Marek+Gamboro), SEVA, Fransiya, mustahkam immunitet hosil qiladi.

Tavsiya etilayotgan vektorli vaksinalar gen (irsiyat faktori) injeneriyasining nanotexnologiyasi progressiv mahsuloti hisoblanadi.

Nyukasl kasalligi (NK, Psevdochuma) – yuqori tezlikda tarqaluvchi parrandalarning virus kasalligi, respirator, visseral organlarini, markaziy asab sistemasini zararlovchi va mahsuldorlikni pasayib ketishi va halok bo‘lishi bilan yakunlanuvchi o‘ta yuqumli kasallikdir.

Qo‘zg‘atuvchisi – paramiksovirus guruhiga kiruvchi RNK – saqlovchi virus. Parranda aerozol (havo orqali) yoki peroral (og‘iz orqali) zararlanishi mumkin.

Klinik holati – inkubatsion davri qisqa – 4 kun. Kasallangan parranda tushkun, harakatsiz, tashqi taʼsirga javob qaytarmaydi. Boshidagi terisi qon aylanishining buzilishi natijasida ko‘karib qoladi, burun teshiklaridan shilliq suv ajralib chiqa boshlaydi, axlati suyuq, yashil yoki sariq rangda, ayrim hollarda qon aralash bo‘ladi. Nerv – falajga oid belgi (simptom) lari rivojlanadi.

Davolash va profilaktika – ushbu kasallikning samarali davolash yo‘li yo‘q bo‘lgani bilan texnologik jarayonning asosiy usuli hisoblangan kasallikka moyil bo‘lgan parrandada ishonchli immunitet hosil qiluvchi emlash usullari keng qo‘llaniladi.

Nyukasl kasalligining oldini olish maqsadida maxsus lentogen virus shtammi mavjud bo‘lgan tirik vaksinalar, inaktivlangan va kombinatsiyalangan vaksinalardan foydalaniladi. Asosan “V1”, “N”, “Bor – 74”, “La – Sota” nomli vaksina shtammlari qo‘llaniladi.

Keng spektrli kombinatsiyaga ega bo‘lgan vektorli vaksina: “Vectormune HVT+NDV” (Marek+Nyukasl), SEVA, Fransiya, mustahkam immunitet hosil qiladi.

Yuqumli bronxit (YUB) – barcha yoshdagi parrandalarga yuqadigan kontagioz virus kasalligi. Jo‘jalarning nafas olish organlarini zararlaydi va katta yoshdagi parranda mahsuldorligi tushib ketadi.

Kasal qo‘zg‘atuvchi koronovirus guruhiga taaluqli bo‘lib, tovuq murtaklari va xo‘jayra to‘qimalarida o‘stirish mumkin. Qo‘zg‘atuvchisi bir necha shtammlarga bo‘linadi (30 ga yaqin serotiplari mavjud). Kontakt orqali aerogen, transovarial yo‘llari bilan yuqadi. Kasal bo‘lib tuzalgan parranda 50 – 100 kun virus tashuvchi bo‘lib qoladi. Kolibakterioz, respirator mikoplazmoz qo‘zg‘atuvchilari bilan asoratlanganda infeksiya latent (yashirin) shaklida kechadi.

Klinik holati – inkubatsion davr 1 kundan 5 kungacha davom etadi. Kasal parrandada xolsizlik, ishtaxa yo‘qolishi, xansirash, xirillash, yo‘tal, aksirish, seroz konyuktiviti, rinitlar kuzatiladi. Kasallanish yuqori darajada, o‘lim 25 foizni tashkil etadi. Ikki haftalik yoshda kasallanish oqibatida tuxumdon va tuxum yo‘llarini rivojlanishi kechikadi. Katta yoshdagi tovuqlar kasallanishi oqibatida tuxum mahsuldorligi 35 – 50 foizga kamayadi, tuxum ichida sersuv suyuqlik bo‘ladi, tuxum qobig‘i tuzilishi buziladi. Tuxumdon va tuxum yo‘lini infantilizmida tuxum shakllanishi buziladi.

Davolash va profilaktika – mahsus profilaktika tadbirlari inaktivlangan va tirik vaksinani qo‘llashga asoslangan. Vaksinatsiya sxemasi kasallikni intensivligiga bog‘liq. Yuqumli bronxit kolibakterioz, mikoplazmozlar bilan birga aralash infeksiya holida bo‘lsa, unda antibakterial preparatlari (oksitetratsiklin, neomitsin sulfat, ampinsilin) aerozol holatda 4 ml/m3 hisobidan qo‘llaniladi.

Gamboro kasalligi (GK, IBK – yuqumli bursal kasalligi, yuqumli bursit, yuqumli nefroz) – keng tarqalgan, kontagioz, ayniqsa 2 – 15 haftalik yoshdagi jo‘jalar virus kasalligi. Sababchisi virus bo‘lgan, kasal parranda bilan aloqa natijasida parrandalar orasida tez tarqaluvchi (kontagioz) yuqumli kasallik, asosan 2 – 15 haftalik jo‘jalar zararlanadi va boshqa kasalliklardan farq qiladigan, o‘ziga xos fabritsiyev sumka, nefroz, mushaklar orasida qon quyilish va diareyalar kuzatiladi. Immunnokompetent tizimini so‘ngdirilishi bilan ajralib turadi.

Qo‘zg‘atuvchi viruslarning Birpaye Viridae oilasiga mansub. Yuqumli bursit tez tarqaluvchi o‘ta kontagioz kasallik bo‘lib, qisqa vaqt ichida butun parranda organizmini egallab oladi. Kasallik 5 – 6 kunga cho‘zilishi mumkin. Kasallangan jo‘jalar kasal tarqatuvchi hisoblanadi, virus axlati bilan ajralib chiqadi va ozuqa, suv, to‘shamalarga yuqadi.

Klinik holati – kasallikning birinchi simptomlari – qush axlati suyuq, oq–sariq rangdagi diareya, ishtaxani keskin yo‘qolishi, oyoq va boshini qaltirashi, birdaniga nobud bo‘lishi. Kasallik va o‘lim tez kuchayadi hamda 3 – 4-kunda maksimum darajaga yetadi. Virusning virulentligi pasaygan sari o‘lim holatlari ham kamayadi, odatda 8 – 9 kunda o‘tadi.

Kasallikning klinik shaklidan subklinik shaklida jo‘jalar 4 haftagacha bo‘lgan yoshda bo‘lishi, shu davrda organizmni immun tizimi tezda ishdan chiqishi bilan farq qiladi. GK ni yosh jo‘jalarda klinik belgilarsiz kechish va fabritsiyev sumkani shikastlanishi, V-limfatsitlar sonini kamayishi va immunosupressiya rivojlanishi bilan xarakterlanadi.

Davolash va profilaktika – Gamboro kasalligini maxsus profilaktikasi uchun vaksinalar qo‘llaniladi, ushbu vaksinalar antigen aktivligi bo‘yicha 4 turga bo‘linadi:

Yumshoq – attenuirlangan virusdan bo‘lib, bursada jiddiy o‘zgarishlar kelib chiqarmaydi. Ona antijismlarga ega bo‘lmagan jo‘jalarga samarali taʼsir etuvchi. Ushbu vaksinalar simptomsiz kechadigan turi dala viruslarini patogenlik quvvatini pasaytirish uchun ham qo‘llanadi.

O‘rtacha virulent virusli vaksina oraliq turi. O‘tkir yuqumli kasallik avj olgan sharoitda va statsionar yuqumli kasalliklardan xoli bo‘lmagan xo‘jaliklarda, shu bilan birga ona antijismlariga ega jo‘jalarda va yosh jo‘jalarda ham yaxshi immunitet hosil qiladi. Bunday vaksinalarga Gamboro kasalligiga qarshi “Vinterfild 2512” shtammli vaksina kiradi.

Inaktivlantirilgan vaksina yosh parrandalar va ona tovuqlarda ham kuchli immunitet hosil qiladi, natijada jo‘jalarda ona immuniteti kuchli bo‘ladi va jo‘jalarni Gamboro kasalligidan yaxshi himoya qiladi.

Dunyoda immunitet kompleksi va texnologiyasi bo‘yicha lider hisoblangan “CEVA Sante Animale” kompaniyasi vektorli vaksinalari:

  • “Cevac Transmune IBD” – Gamboroga qarshi immunitet texnologiyasi kompleksi. Yangilangan immunitet texnologiyasi qo‘llash orqali yaratilgan noyob vaksina, inkubatorda qo‘llash natijasida Gamboroning barcha shtammplariga qarshi to‘liq himoya hosil qiladi. Shu bilan birga parrandaxonada emlash muammosini olib tashlaydi.
  • Keng spektrli kombinatsiyaga ega bo‘lgan vektorli vaksina: “Vectormune NVT+IBD” (Marek+Gamboro), mustahkam immunitet hosil qiladi.

Yuqumli laringotraxeit (YULT) – o‘tkir kechuvchi parranda kasalligi, traxeya, hiqildoq va ko‘z shilliq pardasini zararlovchi yuqumli kasallik. Tovuqsimonlar otryadiga mansub parrandalar yuqori kontagioz virus kasalligi, traxeya, hiqildoq shilliq pardasi yallig‘lanishi, konyuktivitlar kuzatiladi.

Kasal qo‘zg‘atuvchi Herpesviras oilasiga kiruvchi yuqori kontagioz virus hisoblanadi.

Ushbu kasallikka tovuqlar, kurkalar, qirg‘ovullar, ayniqsa 1 yoshgacha bo‘lgan yosh parrandalar moyil hisoblanadi.

YULT ko‘pincha aerogen yo‘li bilan o‘tadi, shu bilan birga ozuqa, suv, parvarish qilish buyumlari orqali ham o‘tishi mumkin. Qisqa vaqt ichida ushbu kasallik barcha parrandaga tarqab ketishi mumkin.

Klinik holat – inkubatsiya davri 6 – 10 kunni tashkil etadi va parrandaning tabiiy rezistentligiga, virusning virulentligiga va boqish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. O‘tkir (kuchli), o‘rtacha, surunkali va simptomsiz kasallik kechish formalariga bo‘linadi.

O‘tkir formasida fibrinozli – gemorragik yallig‘lanish oqibatida nafas olish qiyinlashadi. Rinit, sinusit, konyuktivit, panoftalmiyalar tez – tez uchrab turadi. Tuxum mahsuldorligi keskin 30 – 50 foizga tushib ketadi (kasallikning og‘ir kechishiga qarab). Nafas bo‘g‘ilishidan o‘lish holatlari 50 foizni tashkil etadi.

O‘rtacha formasida klinik belgilari yaqqol bo‘lmaydi, konyuktivit, yo‘tal, aksirish hollari kuzatiladi.

Davolash va profilaktika – sekundar infeksiyani rivojlanishini oldini olish uchun kimyoviy preparatlar (yod

kristall kukuni va alyumin upasi, yodinol, yodtrietilenglikol) bilan aerozol qilinadi.

Oxirgi paytlar kasallikdan holi bo‘lmagan xo‘jaliklarda YULT ga qarshi vaksinatsiya tadbirlari o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan. Bunda vaksinatsiya sxemasiga ko‘ra rioya qilish kerak bo‘ladi. Parrandada immunitet hosil qilish uchun 2 marta emlanadi, lekin ikkinchi emlash 4 haftadan kech bo‘lmasligi va tuxum berish davri boshlanmasdan oldin bo‘lishi kerak. Vaksinani ishlatish qo‘llanmasiga asosan emlash uchun faqat sog‘lom parranda olinadi, nimjon, kuchsiz va kasal parranda saralab tashlanadi.

YULT ga qarshi vaksinani qo‘llash usullari ko‘p bo‘lgani bilan (kloakaga, aerozol, ko‘z konyuktivasiga, suv bilan) eng ishonchlisi ko‘z konyuktiviga tomizish hisoblanadi. Shu usulda, masalan Yuqumli laringotraxeitga qarshi liofilizillangan tirik vaksina Nobilis ILT (“Intervet”) qo‘llaniladi.

YULT dan xoli bo‘lmagan xo‘jaliklarda unga qarshi “VNIVIP” shtammidan quruq liposomal virusvaksina maxsus profilaktik tadbirlarda qo‘llaniladi. Klinik sog‘lom bo‘lgan parrandani aerozol uslubi bilan 16 – 20 kun interval bilan, okulyar uslubda 20 – 30 kun va kloaka uslubida 30 kun interval bilan emlanadi.

Keng spektrli kombinatsiyaga ega bo‘lgan vektorli vaksina: “Vectormune FP+LT”(Chechak+Laringotraxeit), SEVA, Fransiya, mustahkam immunitet hosil qiladi.

Pulloroz – tif – barcha turdagi parrandalar orasida keng tarqalgan bo‘lib, o‘tkir, o‘rta va surunkali kechadigan, parranda yoshiga bog‘liq bo‘lgan kasallikdir.

Kasallik qo‘zg‘atuvchisi serologik tomondan turli shtammlar chaqiradi. Tovuqsimonlar otryadiga taaluqli parrandalarda kasallik qo‘zg‘atuvchisi S. Pullorum-gallinarum bo‘lib, zich va suyuq bulyon o‘stirish muxitida yaxshi rivojlanadi, “agar” muhitida R va S kolonnalari paydo qiladi, tashqi muxit taʼsiriga chidamli. Tovuqlar simptomsiz pulloroz qo‘zg‘atuvchisi tashuvchisi bo‘lishi va nasliga transovarial yo‘li bilan yuqtirishi mumkin. Inkubatsiya vaqtida pulloroz bilan kasallangan tuxumlardagi murtaklarning nobud bo‘lish hollari kuzatilgan. Bundan tashqari tuxumdan ochib chiqqan kasal jo‘jalar atrof muxitni zararlaydi, natijada boshqa sog‘lom jo‘jalarni ham zararlaydi.

Klinik holati – tabiiy sharoitda kasallik yuqqan jo‘jalarda inkubatsion davr 3 – 5 kun kechadi, so‘ng ichak – oshqozon funksiyalarini buzilishi, seroz – fibrinozli konyuktivit, harakat koordinatsiyasini buzilishi kuzatiladi. Kasal parranda ko‘rikdan o‘tkazilganda, anal teshigining atrofidagi pat – parlari yopishib, anal teshigi bitib qolganini kuzatamiz. Parranda intoksikatsiyadan nobud bo‘ladi. Katta yoshdagi parrandaning tuxum mahsuldorligi yo‘qoladi, tuxum sarig‘i peritoniti, ovariit, salpingitlar kuzatiladi, kasallikning nerv – paralich shaklida qanot va oyoq bo‘g‘imlarida yallig‘lanish jarayoni kuzatiladi.

Davolash va profilaktika – Pulloroz – tif kasalligidan xo‘jalikni holi qilish uchun kompleks umumiy va mahsus tadbirlar o‘tkazish kerak bo‘ladi: infeksiya o‘chog‘i, kasal qo‘zg‘atuvchi va kasalikka moyil sog‘lom organizmlar o‘rtasidagi epizootik zanjirni uzish kerak. Ushbu maqsadda kasal va kasallikka gumon qilingan parranda yo‘q qilinadi, qolgan parrandaga eng samarali bo‘lgan nitrofuran, sulfanilamid preparatlari toza miqdorda yoki antibiotiklar bilan birga parranda organizmidagi infeksiyani bostirish uchun beriladi. Doimiy ravishda inkubatoriya, parrandaxonalar, ozuqalar, havolar va parranda hamda naslli tuxumlar bilan kontaktga kiradigan boshqa barcha narsalarni, atrof muxitda kasal qo‘zg‘atuvchini yo‘q qilish uchun sanatsiya qilinadi.

Kolibakterioz (koliseptitsemiya, koliinfeksiya, esherixioz)

– tovuq, o‘rdak, g‘oz, kurkalar yuqumli kasalligi, shu bilan birga yovvoyi qushlar ham kasallanishi mumkin.

Kasallik qo‘zg‘atuvchisi Escherichia coli bo‘lib, 0,5 – 3 mkm kattalikda, grammanfiy tayoqchadir. Ayrim serotiplari endotoksin ishlab chiqish qobiliyatiga ega. Serologik usul bilan kasal qo‘zg‘atuvchini tipizatsiya qilish mumkin. Parrandada ko‘pincha O1, O2, O78, O113 va boshqa serologik tiplari ajratib olingan. Bir xo‘jalikning bir nechta ishlab chiqarish zonalaridan qo‘zg‘atuvchining turli xil serotiplarini ajratib olish mumkin. Kasallik asosan aerozol yo‘li bilan tarqaladi. Koliseptitsemiya ko‘pincha virus va bakteriyali kasalliklar assotsiatsiyasi bilan birga kechadi.

Klinik holati – kasal parranda holsiz, nafas olishi buzilgan, sinusit, rinit, konyuktivitlar aniqlanadi. Ko‘pincha kasal parranda oriqlab ketadi. Patlari nursiz bo‘lib qoladi.

Davolash va profilaktika – jami dezinfeksiya tadbirlari kompleksini bajarilishiga va boshqa veterinariya sanitariya tadbirlarini bajarilishiga qattiq rioya qilish, parranda bilan birga xona havosini ham vaqti – vaqti bilan dezinfeksiya qilib turish kerak bo‘ladi.

Ozuqani sekundar, shartli patogen mikrofloradan zararsizlantiriladi. Kolibakteriozda tavsiya etilgan aerozol ximiyaviy vositalar qo‘llaniladi.

Xo‘jalikda bir xil antibiotiklarni har doim qo‘llash natijasida kolibakteriyalarni ularga nisbatan chidamligi paydo bo‘ladi, shuning uchun preparatlar kombinatsiyasini qo‘llash kerak bo‘ladi, amalda vaqti – vaqti bilan preparatlarni almashtirib turish yaxshi natija beradi. Ayrim davlatlarda koliseptitsemiya bilan kasallangan parrandani oldini olish choralari sifatida streptomitsin, terramitsinlarni aerozol qo‘llashdan yaxshi natijalarga erishilmoqda. Parandaxonalarni dezinfeksiya qilish uchun Bianol–konsentrat, Virkon, Aseptol va boshqa samarali, zamonaviy dezinfektantlar qo‘llaniladi.

Pasterellyoz – yuqumli kasallik bo‘lib, septitsemiya belgilari bilan o‘tkir, o‘rta yoki surunkali shakllarda kechadi. O‘tkir shaklida yuqori o‘lim, o‘rta va surunkali shakllarida – parranda brakka chiqadi va mahsuldorlik tushib ketadi.

Kasallik qo‘zg‘atuvchi Pasterella multocida va Pasterella gemolitica keng miqyosda patogenlik xususiyatlariga ega va parrandalarda turli xil klinik belgilar kuzatiladi. Ushbu kasallikning o‘tkir shakli qirg‘ovul, o‘rdak, g‘oz, oqqush, sesarka va boshqa qush turlarida qayd etilgan. Pasterella multocida ko‘pincha tovuq va kurkalarda patologik protsesslarni chaqiradi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi – grammanfiy, xarakatsiz kalta tayoqcha. Pasterellalar kuchsiz va yuqori patogen shtammlarga ajratiladi.

Parrandalarga kasallik alimentar va aerogen yo‘llar bilan yuqadi. Tabiiy sharoitda kasallikka qarshi rezistentlikni tushib ketishiga quyidagi faktorlar: ratsion tarkibida vitaminlar kamligi, aminokislotalar yetishmasligi, guruhlarga bo‘lish, transportirovka qilish, organizmni sovib ketishi va boshqalar taʼsir qiladi.

Klinik holati – inkubatsion davr 24 soatdan 9 kungacha bo‘ladi. Yuqori tezlikda kechuvchi shaklida parranda nafas bo‘g‘ilishi, ich ketish belgilari oqibatida nobud bo‘ladi. O‘rta va surunkali shaklida rinit, konyuktivit, ozuqa isteʼmoli buzilishi, mahsuldorlik pasayishi belgilari kuzatiladi.

Ayrim hollarda kasallangan parrandaning oyoq bo‘g‘imlari va qanotlarida yallig‘lanish hollari kuzatiladi. P.gemolitica patogenlik xususiyati keng spektrli bo‘lib, ko‘pincha yuqumli bronxit, yuqumli tumov, respirator mikoplazmozlar bilan asoratlanadi.

Davolash va profilaktika – pasterellyozdan xo‘jalikni sog‘lomlashtirish uchun inkubatsiyada tanaffus qilish kerak bo‘ladi, bir vaqtni o‘zida barcha texnologik zonalarda tovuqxonalar sanatsiyaga qo‘yiladi.

Maxsus profilaktik tadbirlarni inaktivlangan emulsin – vaksinani xo‘jalikda keng qo‘llash orqali o‘tkaziladi. Pasterellyozga gumon qilingan va paydo bo‘lishi havfi bor xo‘jaliklarda liofilizirlangan vaksina qo‘llaniladi. Bir vaqtni o‘zida parrandaga har kuni 5 kun davomida 50 mg/kg hisobidan levomitsetin beriladi, 1 kg parranda tirik vazniga 30 ming YED tetratsiklin hisobidan antibiotik beriladi.

Kasal qo‘zg‘atuvchi – Mycoplasma Gallisepticum tashqi taʼsir qiluvchi omillarga chidamsiz.

Kasallik transovarial, suv va aerogen yo‘llar orqali tarqaladi. Kasallik rivojlanishiga keskin sovib ketish, parrandalarni tabiiy rezistentligiga taʼsir etuvchi noxush stresslar, tirik reaktogen virus vaksinalarni qo‘llanishi taʼsir etadi. Respirator mikoplazmoz ko‘pincha boshqa virus va bakteriyali qo‘zg‘atuvchilar tomonidan asoratlangan kompleks kasallik ko‘rinishida kechadi.

Klinik holat – vertikal yuqqanda inkubatsion davr 4 – 6 haftani tashkil etadi va gorizontal tarqalganda 14 va undan ko‘p haftani tashkil etadi. Kasallik yuqori nafas olish yo‘llari yengil kataral yallig‘lanishdan tortib to depressiya, galada yuqori o‘lim, mahsuldorlikni pasayishigacha olib keluvchi og‘ir respirator simptomlari kompleksigacha kechishi mumkin. Kasallikka xos belgilaridan: sinusit, rinit, aerosakkulitlar bo‘lishi mumkin.

Davolash va profilaktika – respirator mikoplazmozga qarshi turli aerozolli dorilarni muvaffaqiyat bilan qo‘llash mumkin. Parranda yoshi va fiziologik holatidan kelib chiqib ularni muntazam qo‘llab borilsa, ommaviy kasallanish hollarini oldini oladi.

Kasallik qo‘zg‘atuvchisi – M.gallicepticum ga qarshi bir nechta vaksinalar qo‘llaniladi, shu jumladan tirik va inaktivlangan yog‘li emulsiyali vaksina. Ular asosan sanoat parrandachiligida tuxum mahsuldorligini tushib ketishini oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.

Keng spektrli kombinatsiyaga ega bo‘lgan vektorli vaksina: “Vectormune FP+Mg” (Chechak+Mikoplazmoz), SEVA, Fransiya, mustahkam immunitet hosil qiladi.

Реовирус касаллиги – куркалар касаллиги (тожи кўкарган, юқумли энтерит, трансмиссив энтерит, реовирусли энтеронефрит), жўжа ва товуқлар (теносиновит, вирусли артрит, “озуқа хазм қилмас” ва “ранги ўчган ёки ранги оқарган парранда” синдроми, ўрдак ва ғозларда турли хил симтокомплекслар билан намоён бўлади ва сезиларли даражада иқтисодий зарар келтиради.

Парранда реовируси ультрабинафша нурларига чидамли, рН мухитнинг кенг спектрида ҳам инактивация бўлмайди, оддий дезовоситаларга тахминан кам таъсирчан. Инкубацион тухумларнинг устини формальдегид буғлари зарарсизлантира олмайди, жўжалар тухум қобиғини ёриб чиқаётганда вирус юқтириб олишлари мумкин.

Асосий инфекция ўчоғи касалланган парранда ва унинг чиқиндилари. Парранда ахлатидаги вирус атроф мухитга тушиб, озуқа ва сувни зарарлайди.

Клиник ҳолат – касалланган ёш паррандада 5-куни ич ўтиши бошланади, холсизлик ва ўлим 5 фоизгача ва ундан ҳам юқори бўлиши мумкин. Тирик қолган курка ва ғоз жўжаларида инфраорбиталь синусит, конъюктивит ривожланиши мумкин. Касаллик сурункали шаклига ўтади, ёш парранда ўсишда орқада қолади. Уч ҳафталик жўжаларда теносиновит ривожланади, қайсики нотўғри оёқ босиши ва оқсоқлаш кузатилади. Реовирус инфекциясидан ҳоли бўлмаган гуруҳда ёш парранда ўсишида олалик кўзга ташланади, хусусий белгиларидан кам озиқланиши ва хазм яхши бўлмаганлиги туфайли танада “қуриш” жараёни кузатилади.

Паррандага реовирус юққанда биринчи 10 – 30 кунлари касаллик ўртача ўтади, ўлим 1,5 – 5 фоиздан ошмайди, лекин бу паррандадан режадаги маҳсулдорлик олинмайди.

Реовирус инфекциясининг кучли шаклида нобуд бўлишдан кўпроқ гўшт йўналишидаги паррандалар зарар кўради: бройлер – 5

– 18%, курка ва ғозлар – 50%, ўрдаклар – 100% гача.

Инфекцияни табиий шароитда ривожланиши пай қинида суюқлик йиғилади ва уларда қон қуйилиш ҳоллари кузатилади, бўғим бўштлиғида суюқлик йиғилади. Касалликнинг сурункали кечишида пай қинлари йўғонлашади, сувсизланиш ҳоллари кузатилади, бўғим анкилози, атрофияланган пайлар узилиши кузатилади.

Даволаш ва профилактика – реовирус инфекциясига қарши асосий курашлардан бири ушбу инфекцияни хўжаликка киришини олдини олиш. Инкубацион тухумларни дезинфекциясини хўллаш усули билан ўтказилгандан кейин инкубаторга қўйиш рухсат этилади. Бунинг учун дезинфекция ўтказилгандан кейин тухум яхшилаб қуритилади ва инкубаторга инкубация қилиш учун қўйилади.

Реовирус инфекциясига гумон қилинганда гуруҳдаги жами бош сонини умумий резистентлигини ошириш учун озуқа таркибини кучайтиради, қўшимча антистресс миқдорида витаминлар киритилади. Хонанинг меёрдаги ҳароратини 2 – 3 градусга кўтарилади, ҳаво алмашинуви яхшиланади. Рационга кенг спектрда таъсир эътувчи антибиотиклар 3 – 4 кун муддатга киритилади. Парранда организмида антиоксидант ҳолатини юқори даражада ушлаш керак бўлади, чунки реовирус ва инфекция ривожланишига катта қаршилик кўрсатади. Бунинг учун рационга 1 тонна озуқага 1 гр. дан кам бўлмаган миқдорда селенит натрий, “Е” витамини 20 – 40 гр., сантохин 200 гр./тн., яна аскорбин кислотаси 50 гр./тн.га қўшилади.

Касалликка гумон қилинган гуруҳда парранда резистентлигини ошириш ва иккинчи инфекция бошланмаслиги ҳамда бошқа салбий асоратлар бермаслиги учун даволаш тадбирлари ўтказилади. Касал парранда мавжуд хоналарда триэтиленгликол билан йўриқномага асосан аэрозол дезинфекцияси ўтказилади.

Иккинчи инфекцияни ривожланишини олдини олиш учун кенг спектрда таъсир этувчи антибиотиклар озуқа ва сув билан берилади, шу билан бирга сульфаниламид препаратлари даволаш ва профилактик дозаларда берилади.

Махсус профилактик тадбирларни ўтказиш учун тирик ва инактивланган вакциналардан фойдаланади.

Юқумли энцефаломиелит (эпидемик тремор) – ўткир кечувчи вирус касаллик, нерв тизимини (координация харакатланиши бузилиши, оёқлар парезлари) зарарланиши, юқори касаллик ва жўжалар ўлими билан характерланади.

Касал қўзғатувчи – Picornaviridae оиласига мансуб, РНК – сақловчи вирус. Ушбу касаллик билан жўжалар ва товуқлар, курка жўжалари ва она куркалар оғрийди. Ўрдак, ёш цесаркалар ва кабутарлар ҳам касаликка мойилдир. Кўпинча 5 – 20 кунлик жўжалар касал бўлади. Касаллик ўчоғи – ахлат ва трансовариал йўли билан вирус тарқатувчи касал ва вирус ташувчи паррандалар.

Клиник ҳолати – инфекция вертикал йўл билан 2 – 6 кунда тарқалади, горизонтал йўли билан 9 кундан 30 кунгача бўлиши мумкин. Жўжаларда харакатланиш координацияси бузилади, бош, бўйин, дум патлари тремори кузатилади. Жуда кўп паррандалар оёқлари парез ва паралич бўлади. Касаллик 15% ни ташкил этади, лекин хўжаликда биринчи марта пайдо бўлганда 60% гача етиши мумкин. Жўжалар орасида ўлим 20 – 25 фоизни ташкил этади. Товуқларда тухум маҳсулдорлиги 30 – 40 фоизгача кескин тушиб кетади, майда қон аралаш тухум бера бошлайди, тухум жўжа очиб чиқиши пасайиб кетади. Касал бўлиб тузалган парранданинг кўз гавҳари хиралашади, натижада кўр бўлиб қолиши ҳам мукин.

Даволаш ва профилактика – ота – она галасида актив иммунитет ҳосил қилиш учун тирик ва инактивланган вакциналар қўлланилади, қайсики 8 – 16 ҳафталик жўжаларга юборилади:

  • парранда тиносиновитга қарши инактивланган CEVAK Reo K (Сева);
  • юқумли энцефаломиелитга қарши лиофилизирланган тирик вакцина (Интервет) қўлланилади.

Кокцидиоз (Eimeriidae) – парранда протозой касаллиги, эпизоотия кўринишида кечувчи, ичак шиллиқ пардаси ва буйракни (ғозларда) жароҳатловчи, маҳсулдорликни тушиб кетиши ва 15 – 180 кунлик ёш паррандалар орасида юқори ўлим билан ажралиб турувчи касаллик. Товуқларда эймерийларни 9 тури паразитлик қилади. Шулардан Е. tenella, E. necatrix, E. acervulina, E. Мaxima лар энг патоген турлари ҳисобланади.

Эймериозларни парранда орасида тез тарқалишида паррандахонада парранда зичлиги, ҳаво ва тўшама намлиги юқорилиги, сифатсиз озуқа, жўжаларни боқишда технологиядаги бузилишлар ўз таъсирини ўтказади. Касал ва касал бўлиб тузалган жўжалар инвазия ўчоғи ҳисобланади, шу билан бирга товуқлар ҳам эймерия ташувчилари бўлиши мумкин.

Касал қўзғатувчи ооцистлари ташқи мухитни таъсирига, барча дезинфекцияловчи моддаларга ва паст даражага ўта чидамли бўлади. Улар қуритилганда нобуд бўлади ва юқори ҳарорат таъсирига чидамсиз бўлади. Жуда тез кўпайиш хусусиятига эга бўлганлиги учун ичак шиллиқ пардасидаги катта майдонга жароҳат етказади. Паразитлар метаболизми маҳсулотлари ҳамда микроорганизмларни жароҳатланган жойдан организмга кириши натижасида патологик процесс оғирлашади.

Клиник ҳолати – клиник белгиларини пайдо бўлиши одатда шизонтларни иккинчи генерациясига (авлодига, наслига) тўғри келади. Ўткир шаклида сувга чанқоқлик, холсизлик ҳоллари кузатилади. Касалланган жўжалар бошини осилтириб қуйи солиб туради, патлари хурпайган, тожлари ва сирғалари ранги ўчган бўлади. Парранда ахлати суюқ, кейинчалик катта миқдорда қон ва шилимшиқ суюқлик аралаш бўлади. Жўжалар касаллангандан кейин одатда 6 – 7-кунлари ёки биринчи клиник белгилари пайдо бўлгандан кейин 2 – 3-кунлари ҳалок бўлади.

Касалликнинг ўрта кечишида жўжалар озиб кетади, оёқ ва қанотлар парезлари ва параличлари кузатилади, томир тортиши мумкин. Қондаги ўзгаришлар эритроцитларни камайиши, лейкопениялар билан белгиланади.

Даволаниш ва профилактика – эймериозни даволаш учун катта миқдорда турли препаратлар – кокцидиостатиклар таклиф этилган. Бироқ кўп кокцидиостатиклар эймериозларни ўзига ўрганиб қолиш (кўникиш) хусусиятига эга ва маълум вақтдан кейин улар касалликка қарши самарасиз бўлиб қолади.

Эймерийларни эндоген босқичига препаратларнинг таъсирига кўра иммунитет ҳосил қилишга тўсқинлик қилувчи ва тўсқинлик қилмайдиган препаратларга бўлинади. Биринчи гуруҳдаги препаратлар эймериоз касаллигининг олдини олиш учун қўлланилади ва парранда боқиш даврининг охиригача бериб борилади. Ушбу препаратларни бериш паррандани сўйишга 3 – 5 кун қолганда тўхтатилади. Ушбу препаратлар гуруҳига Аватек,

Цигро, Цикостат, Мадикокс, Кокцисан 12% гранулят, Монлар 10% гранулят, Кокцистак, Авиакс, Сакокс 120, Элан-когран 100 лар киради.

Ветеринария чора-тадбирлари

Ўта юқумли парранда касалликларига қарши самарали ветеринария-профилактик чора-тадбирларини қўллаш тадбирларига парранда боқиладиган бинони ва унинг ҳудудини сифатли дератизация, дезинсекция ва дезин-фекция қилиш ва бинони маълум муддатга, яъни 20—30 кунга санацияга қўйиш (бино паррандадан ҳоли қилинади), бир вақтнинг ўзида бир хил ёшдаги паррандалар билан бинони тўлдириш, ўз вақтида иммунизация қилиш ва инфекцион касалликларга қарши мунтазам профилактик тадбирлар олиб боришлар киради.

Парранданинг юқумли касалликларига қарши профилактик тадбирлар ўтказиш тахминий тартиби:

14-жадвал

Инфекцион касалликлар номи

Жўжалар ёши

Эмлаш усули

«Марека» касаллиги

1 кун

Мускул орасига юбориш (0,2мл)

Инфекцион бронхит касаллиги (ИБК)

1, 14, 35,

55 кунлари

Сув билан ичириш (пер ос), бурун (интроназал) ва кўзга (интроокуляр) томизиш

«Гамборо» касаллиги

7, 17

кунлари

Сув билан ичириш

Юқумли ўлат ёки псевдочума (Ньюкасл) касаллиги вакц. шт.Ла-сота

12, 24, 45,

75 кунлари

Сув билан ичириш, бурун (интроназал) ва кўзга (интроокуляр) то- мизиш, пуркаш (спрей)

Инфекцион ларинго- трахеит (ИЛТ)

70 кун

Кўзга (интроокуляр) томизиш ёки клоакасига суртиш

1-услуб: юқумли бронхит (ИБК) + юқумли тухум пасайиш синдроми (ССЯ) +

95-105 кун

Мускул орасига (0,5 мл)

Ньюкасл касаллиги (БН) – уч валентлик активлашмаган вакцина (шт.”Ла-сота”)

2-услуб: ҳудудда юқумли ўлат касаллигининг хавфи туғилганда штамм “Н” вакцинасини ишлатиш тавсия этилади

95-105 кун

Мускул орасига (1 мл)

Юқумли чечак

95-105 кун

Қанот ости пардасига юбориш

Инфекцион бронхит ва юқумли ўлат (Ньюкасл) касаллиги

ҳар 70-90 кунда қайта эмлаш

Сув билан ичириш ёки пуркаш (спрей) усуллари

 

Вакцинация (эмлаш) – юқумли касалликларни бошланиши ва тарқалишини олдини олиш тадбири. Ҳар ҳил ҳудудлар эпидемиологик ҳолатлари шу худудга мослаштирилган ўзига хос эмлаш (вакцинация) тадбирларини қўллашни талаб этади. Бу масалада махаллий ветеринария мутахассиси ёки ҳудудга хизмат кўрсатувчи ветеринария хизматчилари билан маслаҳатлашиш мақсадга мувофиқ бўлади.

Эмлаш (вакцинация) усуллари

Якка тартибда (индивидуал) эмл аш усули – инъекция (мускул орасига, тери тагига, қон томир ичига ва бошқалар), кўзга (интроокулярно) ва бурунга (интронозально) томизиш ҳамда клоакага суриш усуллари катта самара беради ва асосан парранда томонидан енгил ўтказиладиган стресс ҳолатини юзага келтиради, лекин жуда кўп меҳнат ва вақтни талаб қилиши билан фарқланади.

Сув ичириш орқали эмлаш усули – оғир меҳнат талаб этилмайди, лекин жуда эҳтиёткор бўлишни талаб этади. Эмлаш учун тайёрланадиган вакцинага ишлатиладиган сув таркибида ҳеч қандай дезовосита миқдори бўлиши мумкин эмас. Паррандани ўстириш даврида сув билан ичириш орқали эмлашдан 2 соат олдин паррандани сувсиз ушланади. Агар йил мавсумининг иссиқ вақтига тўғри келса, у холда сувсиз ушлаш вақти қисқартирилади.

Вакцинани сувда эритиб тайёрланган ишчи қоришмаси хажми парранда томонидан 2-4 соат ичида истеъмол қилишга мўлжалланган бўлиши керак.

Аэрозол орқали эмлаш усули – оғир меҳнат кучи талаб этилмайди ва юқори натижа берувчи ҳисобланади, лекин ножуя таъсир бериш эҳтимоли бор.

Пуркаш (спрей) усули – паррандаларга эмлашда ишлатилади (йирик томчи дисперслик аэрозол).

Эмлаш бўйича эслатмалар: Фақат соғлом парранда эмланади. Эмлашдан олдин вакцинани яроқлилик муддатини текшириб кўриш зарур. Ишлатилган ҳамма вакциналарни ва серия рақамларини дафтарга албатта қайд қилиб бориш тавсия этилади.

Умумий ветеринария санитария талаблари

  1. Паррандахона иложи борича холи жойда бўлиши керак ва ҳар томонлама тўсилган бўлиши лозим.
  2. Паррандахонада фақат бир хил ёшдаги паррандалар гурухини сақлаш мумкин.
  3. Паррандахонада бошқа хеч қандай парранда турларини сақлаш мумкин эмас.
  4. Паррандахонага бегона кишиларни кириши мумкин эмас.
  5. Паррандахонада фақат шу паррандахона учун мўлжалланган кийим-бошни кийиб юриш лозим.
  6. Паррандахонада паррандаларга хизмат кўрсатаётган ветеринария ходими ва ишчиларни ҳамда маслаҳат, тавсиялар берувчи мутахассисларни махсус ҳимоя кийими билан таъминлаш.
  7. Паррандахонага киришдан олдин оёқ кийимини зарарсизлантириш (дезомат, дезобарьерларда дезинфекция қилиш).
  8. Имкони борича озуқаларни паррандахоналарга келтиришни фақат ем ташувчи махсус автомобилларда келтириш. Автомобил ҳайдовчиларини паррандахона ичкарисига киритиш ман этилади.
  9. Паррандахонага ёввойи ва йиртқич паррандалар киришига йўл қўйилмайди. Каламуш ва сичқонларни парранхонада пайдо бўлмаслигини доимий назоратга олиш талаб этилади.
  10. Гигиена қоидаларига риоя қилган ҳолда нобуд бўлган паррандаларни чиқариб ташлаш (йўқ қилиш). Маҳаллий қонун қоидаларга риоя қилиш.