Aloqa uchun raqam

+998 (71) 271-64-26

Aloqa uchun raqam

+998 (71) 202-12-00

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, bozorda narxni tushirish uchun tadbirkorlarni majburlash amaliyotini tanqid qildi

«Bozordagi narx-navoni barqaror ushlab turish, bu — tadbirkorlarni majburlash, ularga mahsulotini past narxlarda sottirish, degani emas. Birinchi galda, tadbirkorlarga bozorda taklifni ko‘paytirish uchun sharoit yaratib berish kerak.

Shuningdek, chorvachilikning qisqa muddatlarda yuqori natija beradigan yo‘nalishlariga alohida eʼtibor qaratish lozim. Yil yakuniga qadar parranda go‘shti yetishtirishni 450 ming tonnaga yetkazish kerak.

Eng tez yetishtirish imkoniyati mavjud mahsulot, bu parranda go‘shti. Parranda 1 kilogramm vazn olishi uchun 1,7 kilogramm, qoramolga esa 8 kilogramm ozuqa-yem talab etiladi», — dedi  Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida.