O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida 6-8 iyul kunlari Eron hududlaridan kirib kelgan issiq havo massalarining «faol bosqichi» kuzatiladi. Bu haqda gidrometeorologik ilmiy tahlillar, ob-havo bashoratlari, tadqiqotlar yoritib boriladigan UzbMeteo Telegram kanalida xabar qilinmoqda. Qayd etilishicha, 8 iyul kuni janub voha hududlarida havo harorati maksimal 48 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Baland tog‘liklarda mavjud qor va muzliklarning faol erishi ortidan, ayrim daryolarda suv oqimi ko‘payishi kutilmoqda.
Hurmatli parrandachilik xo‘jaliklari rahbarlari! “Parrandasanoat” uyushmasi ushbu anomal issiqlikdan parrandalarni eson-omon olib chiqish uchun parrandaxonalar mikroklimatini meʼyorda ushlab turish uchun ventilyatsiya tizimini soz ishlashi, suvni to‘xtovsiz taʼminlanishini, elektr zaxirasi sifatida dvijok-generatorlarni soz holatga keltirish, parrandalarni ertalabki va kechki salqinda oziqlantirishni, sovitish tizimini bir maromda ishlashini va boshqa zarur choralarni ko‘rishingizni so‘rab qolamiz. Ushbu issiq kunlardan eson-omon o‘tib olishingizni Allohdan so‘rab qolamiz.
“Parrandasanoat” uyushmasi