Aloqa uchun raqam

+998 (71) 271-64-26

Aloqa uchun raqam

+998 (71) 202-12-00

Toshkentda parrandachilik bo’yicha xalqaro konferensiya o’tkazildi

25 noyabr kuni Toshkentdagi “Oʼzekspomarkaz”da “Sanoat parrandachiligida parrandalarning yuqumli kasalliklari diagnostikasi va oldini olishning dolzarb masalalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya boʼlib oʼtdi.
Unda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʼmitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi masʼullari hamda Rossiyaning “Butunrossiya hayvonlar kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti” (FGBU VNIIZJ) olimlari ishtirok etdi.
Unda parranda kasalliklari boʼyicha epizootik vaziyat, tovuqlarning yuqumli bronxiti (IBK) serotiplarining xilma-xilligi, parranda kasalliklariga qarshi kurash chora-tadbirlari xususidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir davomida past patogenli parranda grippi va unga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar, marek kasalligi, uning epizootologiyasi va profilaktikasi kabi dolzarb muammolar oʼrtaga tashlanib, uning yechimi batafsil tahlil etildi.
Konferentsiyada parranda kasalliklariga qarshi veterinariya preparatlarining qoʼllanilishi boʼyicha olimlar tomonidan zarur taklif hamda tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tadbirda veterinariya sohasi uchun zarur boʼlgan zamonaviy jihoz va uskunalar hamda diagnostikumlar koʼrgazmasi namoyish etildi.
Sohada faoliyat yurituvchi tadbirkorlar va parrandachilik korxonalari rahbar-xodimlari oʼzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob olishdi.