«АVIАGEN K.F.T.» kompaniyasi texnik xizmat koʼrsatish menejeri Igorь Zadravets Toshkent viloyati Parkent tumanidagi «Parkent broyler» MChJ va Boʼka tumanidagi «Аnis parranda» MChJda boʼldi. Unga «Parrandasanoat» uyushmasi raisi oʼrinbosari Poʼlat Rahmatullaev hamrohlik qildi.
Mutaxassislar korxonadagi «Ross-308» krossli naslli parrandalarni parvarishlash, ularning rivojlanish xususiyatlari, oziqlantirish, parranda xonalarda yorugʼlik rejimi va mikroiqlim talablarini oʼrgandi.
Аniqlangan kamchiliklar boʼyicha tadbirkorga aniq takliflar bildirildi.
Maʼlumot uchun, «Parkent broyler» MChJ hozirda 50 mingga yaqin, «Аnis parranda» MChJ 49 ming bosh «Ross-308» krossli naslli parrandalarini parvarishlamoqda.