Aloqa uchun raqam

+998 (71) 271-64-26

Aloqa uchun raqam

+998 (71) 202-12-00

Parrandalarda uchraydigan yuqumli bronxit kasalligi

Yuqumli bronxit – barcha yoshdagi parrandalarga o‘chraydigan kontagioz virus kasalligi. Bu kasallikka chalingan jo‘jalarning nafas olish organlari zararlanadi. Katta yoshdagi parrandalar mahsuldorligi esa tushib ketadi.

Kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar koronovirus guruhiga taaluqli bo‘lib, tovuq murtaklari va xujayra to‘qimalarida ko‘payishi mumkin. Qo‘zg‘atuvchi virus bir necha shtammlarga bo‘linadi. Boshqa tovuqlarga aerogen va transovarial yo‘llar bilan yuqadi. Kasal bo‘lib tuzalgan parranda 50-100 kun virus tashuvchi hisoblanadi. Parrandalar kolibakterioz, respirator mikoplazmoz qo‘zg‘atuvchilari bilan kasallanganda infeksiya yashirin shaklida kechadi.

Yuqumli bronxit bilan kasallangan parrandada holsizlik, ishtaha yo‘qolishi, xansirash, xirillash, yo‘tal, aksirish kabi belgilar kuzatiladi.

Klinik holati – inkubatsion davr 1 kundan 5 kungacha davom etadi. Parrandalarda kasallanish yuqori darajada tarqalganda, o‘lim holatlari 25% ni tashkil etadi. Agar jo‘jalar 2 haftalik yoshda kasallansa, tuxumdon va tuxum yo‘llari rivojlanishi kechikadi. Katta yoshdagi tovuqlar kasallanishi oqibatida tuxum mahsuldorligi 35-50% ga kamayadi. Tuxum ichida sersuv suyuqlik paydo bo‘ladi, tuxum qobig‘i tuzilishi esa buziladi. Tuxumdon va tuxum yo‘lini infantilizmida tuxum shakllanishi buziladi.

Davolash va profilaktika

Mahsus profilaktika tadbirlari inaktivlangan va tirik vaksinani qo‘llashga asoslangan. Vaksinasiya sxemasi kasallikni intensivligiga bog‘liq. Yuqumli bronxit kolibakterioz, mikoplazmozlar bilan birga aralash infeksiya holida bo‘lsa, unda antibakterial preparatlari (oksitetratsiklin, neomitsin sulfat, ampinsilin) aerozol holatda 4 ml/m3 hisobidan qo‘llaniladi.