Aloqa uchun raqam

+998 (71) 271-64-26

Aloqa uchun raqam

+998 (71) 202-12-00

O‘zbekiston parranda sanoatining 60-yilligi munosabati bilan Qozog‘istondan samimiy tabrik

Joriy yilning 19-noyabr kuni Toshkent shahridagi «Hilton» mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi parranda sanoatini tashkil etilganiga 60-yil to‘lishi hamda parrandachilarning 7-forumi bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan ko‘plab xorijiy davlatlardan, xususan qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidan samimiy tabriklar kelmoqda.

Qozog‘iston Parrandachilari Ittifoqi Prezidenti, Qozog‘iston Milliy fanlar akademiyasining akademigi Ruslan Sharipov o‘z nomidan hamda Qozog‘iston parrandachilari nomidan “Parrandasanoat” uyushmasini va O‘zbekiston parrandachilik sohasining barcha vakillarini 60-yillik yubiley bilan samimiy muborakbod etdi.

U o‘z tabrigida, “Parrandasanoat” uyushmasi davlat organlari bilan hamkorlikda milliy parrandachilik sanoatini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish yo‘lida katta hissa qo‘shayotganini ta’kidladi. Uyushma parrandachilik sohasida turli vazifalarni amalga oshirib, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

Shuningdek, Ruslan Sharipov o‘z tabrigida soha faxriylarining fidokorona mehnatiga alohida minnatdorchilik bildirib, ularning kasbiy an’analarni saqlashi va yosh avlodga o‘z bilimlarini yetkazib kelayotganini yuqori baholadi. Tabrik so‘zi yakunida Qozog‘iston parrandachilari O‘zbekiston hamkasblariga yangi loyihalar, yuqori yutuqlar va epizootik barqarorlik tilagan.