Aloqa uchun raqam

+998 (71) 271-64-26

Aloqa uchun raqam

+998 (71) 202-12-00

O‘zbekiston parrandachilik tarmog‘iga 60-yil to‘ldi!

Joriy yilning 19-noyabr kuni Toshkent shahridagi «Hilton» mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi parrandachilik sanoati tashkil etilganiga 60-yil to‘lishi hamda parrandachilarning 7-forumi o‘tkaziladi.

Mazkur muhim tadbir munosabati bilan «Belptitsesoyuz» Parrandachilik Ittifoqi Bosh direktori V.M.Vashkov samimiy tabrik yo‘lladi. U o‘z murojaatida shunday dedi:

«Belptitsesoyuz» Parrandachilik Ittifoqi O‘zbekiston Parrandachilar Assotsiatsiyasini mamlakatning parrandachilik tarmog‘i 60-yilligi bilan chin yurakdan tabriklaydi!

Yubiley — bu shunchaki sana emas, balki o‘tgan ishlarni sarhisob qilish va yangi uzoq muddatli maqsadlarni belgilash uchun muhim marra hisoblanadi. Biz o‘zaro samarali hamkorligimizdan faxrlanamiz va sizlarga kelgusida ham farovonlik, taraqqiyot, innovasion yechimlar hamda ilg‘or g‘oyalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini tilaymiz!

Har bir yangi yil Uyushmaga rivojlanish uchun yangi yo‘llar, buyuk imkoniyatlar olib kelsin. Sizlarning mehnatingiz va sa’y-harakatlaringiz bozordagi mavqeyingizni mustahkamlashga yordam bersin!»

Bu kabi tadbirlar tarmoqning kelajakdagi o‘sish strategiyalarini belgilash va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim ahamiyatga ega.