Aloqa uchun raqam

+998 (71) 271-64-26

Aloqa uchun raqam

+998 (71) 202-12-00

Kooperatsiya asosida parranda go‘sht mahsulotlari yetishtirish tizimi o‘rganilmoqda

Ayni kunlarda «Parrandasanoat» uyushmasi vakillari hamda Mikrokreditbank mas’ullaridan iborat delegatsiya Hindistonning Karnataka provinsiyasining Bangalor shahrida boʻlib turibdi.

Delegatsiya aʼzolari bugun Bangalor atrofidagi kooperatsiya asosida parranda go‘sht mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarida bo‘lib, ularda parranda boqish shart-sharoitlari va kooperatsiya tizimini yo‘lga qo‘yish mexanizmlarini o‘rganmoqda.

Bugun ular tomonidan Karnataka provinsiyasining Mulbagal qishlog‘ida Hindistondagi Nanda Group yirik parrandachilik kompaniyasining aholi tomorqalari ixtisoslashgan parranda boqish xoʻjaliklari bilan oʻrnatilgan parranda go‘sht yetishtirish kooperatsiya asosidagi tizimini o’rganildi.

Ma’lum qilinishicha, Nanda Group kompaniyasining Mulbagal qishlog‘ining o‘zida 27 ta parranda go‘shti yetishtirish kooperatsiyasi bo‘lib, xo‘jaliklarga tegishli parranda boqish nuqtalari soni 600 tani tashkil etadi.