Aloqa uchun raqam

+998 (71) 271-64-26

Aloqa uchun raqam

+998 (71) 202-12-00

Parranda kasalliklariga qarshi chora-tadbirlar va kasalliklarni oldini olish masalalari o‘rganildi

«Parrandasanoat» uyushmasi vakillari hamda «Mikrokreditbank» ATB mas’ullaridan iborat delegatsiya Hindistonning Karnataka provinsiyasining Bangalor shahrida bo‘lib qaytdi.

Delegatsiya a’zolari Hindiston markaziy hukumatiga qarashli Karnataka provinsiyasi Bangalor shahridagi “Hayvonlar salomatligi va veterinariya biologik dori-darmonlari” instituti qoshidagi vaksinalar va diagnostikalar ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish markazida bo‘lishdi.

Institutda parranda kasalliklari diagnostikasi laboratoriyasi rahbari doktor Harshakumar Shetti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda laboratoriyada amalga oshirilayotgan ishlar, ilmiy izlanishlar bilan yaqindan tanishtirdi hamda kelgusida rejalashtirilayotgan ilmiy-amaliy hamkorlik bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

Uchrashuv so‘ngida O‘zbekistondagi parranda kasalliklari diagnostikasi laboratoriyasi xodimlarini kelgusida ushbu markazda bilim va ko‘nikmalarini oshirishni va tajriba almashinuvini tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.

Ma’lumot uchun:
“Hayvonlar salomatligi va veterinariya biologik dori-darmonlari” instituti maydoni 600 gektarni tashkil etib, unda yirik va mayda shoxli mollar, parranda va baliqlarda uchraydigan kasalliklarni o‘rganish, ilmiy tadqiqot va tajriba sinov maydonlari joylashgan. Shu yerning o‘zida tajriba sinov ishlari natijasiga ko‘ra 20 dan ziyod vaksina va veterinariya dori-darmonlari ishlab chiqariladi.