Aloqa uchun raqam

+998 (71) 271-64-26

Aloqa uchun raqam

+998 (71) 202-12-00

AgroWorld Uzbekistan ko’rgazmasi 20 yillik yubileyini nishonlamoqda

«Agro sanoati – AgroWorld Uzbekistan 2025» 20-yubiley Xalqaro ko’rgazmasi o’z ekspozitsiyasini 2025-yil 11-martdan 13-martga qadar «O’zekspomarkaz» MKKda namoyish etadi.

 

O’zbekistonning agrosanoat sektori an’analar va innovatsiyalarning birikmasi bo’lgani tufayli soha ishonchli tarzda rivojlanmoqda. Aynan AgroWorld Uzbekistan ko’rgazmasi zamonaviy texnologiyalar, yetakchi yechimlar va agrosektor mahsulotlari uchrashadigan, butun sanoat uchun yangi mo’ljallar beradigan muhim platformaga aylandi.

 

O’zbekiston Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ko’magi ostida ko’rgazmaning ikkinchi kunida o’tkaziladigan «Fermerlar kuni» AgroWorld Uzbekistan’ning an’anaviy elementi hisoblanadi. Fermer xo’jaliklari qishloq xo’jaligi mahsulotlarining katta qismini ishlab chiqarishini inobatga olib, ishlab chiqaruvchilar bilan to’g’ridan-to’g’ri muzokaralar olib borish hamda biznes va hamkorlik aloqalarini o’rnatish ta’minot zanjirlarini shakllantirishda muhim rol o’ynaydi.

 

AgroWorld Uzbekistan ko’rgazmasiga tashrif buyurish – ishlab chiqish va tayyor qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan shaxsan tanishish, hamkorlar va kontragentlar bilan mavjud munosabatlarni rivojlantirish va yangi munosabatlarni yo’lga qo’yish, bozor rivojlanish tendensiyalarini o’rganish uchun qulay imkoniyatdir.

Bugungi kunga qadar quyidagi 21 mamlakatdan 120 ta kompaniya va brendlar ko’rgazma ishida o’z ishtirokini tasdiqladilar: Belarus Respublikasi, Belgiya, Daniya, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Ispaniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Litva, Niderlandlar, Polsha, Qozog‘iston, Rossiya, Ruminiya, Turkiya, Ukraina, Vengriya, Xitoy, Yaponiya va O‘zbekiston.

Ko’rgazma bo’limlari:

Omuxta yem; Yem ishlab chiqarish va yem tayyorlash;

Omuxta yem, un va yog’-moy sanoati, don mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash uchun uskunalar;

Zotchilik ishi;

So’yish va birlamchi qayta ishlash uskunalari;

Sog’ish va sovutish uskunalari;

Chorva va parrandalarni parvarishlash va boqish;

Veterinariya va dezinfektsiya;

Sug’orish va issiqxona uskunalari;

Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash uchun uskunalar;

Agrokimyoviy mahsulotlar va urug’lar;

Qishloq xo’jaligi texnikasi va ehtiyot qismlari;

Rasmiy ko’mak:

O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’ jaligi vazirligi

O ‘ zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O’zbekiston Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yerlari kengashi

«Parrandasanoat» uyushmasi

O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi

 

Ko’rgazmaga ro’yxatdan o’tish havola orqali mavjud

Telefon 71 205 18 18