Aloqa uchun raqam

+998 (71) 271-64-26

Aloqa uchun raqam

+998 (71) 202-12-00

VIDEO

Parrandachilik bilan shugʼullanasizmi?
“Parrandasanoat” uyushmasiga aʼzo boʼling.
Uyushma aʼzolariga quyidagi imtiyozlar beriladi:
– Uyushma tarkibidagi parrandachilik va yem ishlab chiqaruvchi korxonalariga 2024 yil 1 yanvarga qadar oʼz ehtiyoji uchun maqsadli ravishda ozuqa komponentlari va qoʼshimchalarini (TIF TN kodi 1001, 1003, 1005, 1201, 1206, 1507, 1512, 2302, 2304, 2306, 2309, 2835, 2922, 2930) temir yoʼl orqali tashishda, istisno tariqasida, Mustaqil Davlatlar Hamdoʼstligi temir yoʼllari tarif siyosatining 50 foizidan koʼp boʼlmagan miqdorda chegirmalar beriladi,
– Uyushmaga aʼzo boʼlgan parrandachilik xoʼjaliklariga import qilingan har bir bosh bir kunlik nasldor joʼja uchun 9 000 soʼm subsidiya beriladi,
– Uyushmaga aʼzo korxonalar tomonidan xorijiy mamlakatlardan parrandachilik sohasi ekspert va mutaxassislarini jalb qilish xarajatlari va ularning 6 oylik ish haqi miqdorining 50 foizi, biroq oyiga1 ming АQSh dollari ekvivalentidan oshmagan qismi qoplab beriladi.
Bundan tashqari, Uyushma Sizga quyidagi yordamlarni koʼrsatadi:
– oʼz xoʼjaligingizda yetishtirilgan va realizatsiya qilingan tuxumning har bir donasiga 50 soʼmdan va parranda goʼshtining har bir kilogrammiga 1000 soʼmdan subsidiya ajratilishi boʼyicha,
– tuxum, parranda goʼshti va mahsulotlarini eksport qilishda hamda soya donini import qilishda avtomobilь, temir yoʼl va havo transportida tashish xarajatlarini 50 foizgacha miqdorda kompensatsiya qilish boʼyicha,
– asosiy faoliyat turi parrandachilik boʼlgan tadbirkorlik subʼektlariga ularning asosiy faoliyat turi boʼyicha foyda soligʼi, mol-mulk soligʼi, yer soligʼi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini 50 foiz miqdorida qoʼllash boʼyicha,
– tijorat banklaridan aylanma mablagʼlarini toʼldirish uchun va parrandachilik loyihalarini amalga oshirish uchun bank foiz stavkasining bir qismini Tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash davlat jamgʼarmasi hisobidan qoplash boʼyicha,
– va boshqa masalalarda yuzaga kelayotgan mummolarni bartaraf qilish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar bilan yozishmalar olib boradi.

“O’zbekiston” telekanalining “Agro Olam” dasturining navbatdagi soni parrandachilik sohasiga bag’ishlandi. Ko’rsatuvda parrandachilik sohasida so’ggi yillarda yuz bergan o’zgarishlar va bu sohaning istiqboli haqida so’z ketdi.

«Ўзбекистон» телеканали ижодкорлари билан «Инсон қадрини улуғлаш ва фаол маҳалла йили» давлат дастури бўйича «Инсон қадри учун» шиори остида паррандачилик соҳасида эришилган ютуқларга бағишланган видеофильм ишланди.

Xonaki parrandachilikning Qoraqalpog`iston tajribasi – «Taxiatosh chikkens» faoliyati bo`yicha ko`rsatuv tayyorlandi

Aholi inkubatorlarda jo`ja ochirib daromad qilmoqda.

#Parrandachilik
Qoraqalpog`iston Respublikasi Amudaryo tumanida parrandachilik sohasida amalga oshirilgan ishlar OAV nigohida