Tashqariga chiqdim zimiston ko’cha,
Qorong’u ko’chani yorutarmi sham?
Bo’lishi mumkunku xuddi shu yo’lda,
Umrida yorug’lik ko’rmagan odam.
Inson umri davomida ko’plab odamlarga duch keladi, ammo shunday odamlar borki ulardan nur taraladi, xar bir so’zi ibrat bo’ladi. Xech kimdan ibrat pandu-nasixat olmagan shaxsgina umrida yorug’lik ko’ra olmaydi, chunki inson umri davomida uni olamga keltirgan ota-onasi va ustozlari yoritgan qorong’u ko’chalardan qoqilmasdan dadil qadamlar bilan ildamlay oladi.
Shunday ekan Aziz va qadrdon hamkasb va hamkasabalar yaqinlashib kelayotgan 1 oktyabr – «Ustoz va Murabbiylar» kuni munosabati bilan sohamiz rivoji yo’lida ulkan xissalarini qo’shib kelayotgan, uyishmaning haqiqiy fidoiylari Raxmatullayev Po’lat Erkinovich, Narmuxamedov Xakimjon Irgashovich va Rasulov Olim Shukurovichlarni tabriklab qolamiz.
Doimo biz shogirdlari yo’lini sham emas quyosh kabi yoritib shu bilan birgalikda el yurt ardog`ida yurish nasib etsin.
«Parrandasanoat” Uyushmasi jamoasi