Aloqa uchun raqam

+998 (71) 271-64-26

Aloqa uchun raqam

+998 (71) 202-12-00

Qishloq ayollari kunida eng fidoiy ayollar munosib e’tirof etildi

Bugun, 2021 yil 15 oktyabr, Xalqaro qishloq ayollari kuni, shuningdek, Butunjahon oziq-ovqat kuni sharafiga tadbir o’tkazildi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo’yicha komissiyasi raisi Tanzilla Norboeva, O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vaziri Jamshid Xo’jayev, BMT ning Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkilotining (FAO) O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sherzod Umarov, shuningdek, O’zbekiston «Agrar soha ayollari» uyushmasi raisi Adiba Axmedjanova ishtirok etdi.

Marosimda O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikasining barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan qishloq xo’jaligining turli sohalarida samarali mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlar munosib taqdirlandi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda qishloq xo’jaligida band bo’lganlarning 41,3 foizini xotin-qizlar tashkil etib, respublikada faoliyat ko’rsatayotgan 81,3 mingdan ziyod fermer xo’jaliklarining 5848 tasiga ayollar rahbarlik qilmoqdalar. Ayollarimiz butun mamlakat bo’ylab 688 ming gektardan ziyod maydonda ishlaydi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etadi.
Bundan tashqari, joriy yilda «Qishloq xo’jaligida inklyuziv siyosatni qo’llab-quvvatlash va gender tenglik to’g’risida xabardorlikni oshirish» loyihasi doirasida ayollar bilan o’nga yaqin seminarlar va dialoglar tashkil etildi.

Sana munosabati bilan O’zbekiston «Agrar soha ayollari» uyushmasi rahbari Adiba Axmedjonova muallifligida «Olima ayollar» kitobi va «Ilm yulduzlari» hujjatli filmining taqdimot marosimi bo’lib o’tdi.