Aloqa uchun raqam

+998 (71) 271-64-26

Aloqa uchun raqam

+998 (71) 202-12-00

Tovuq go’shti tarkibi boshqa go’sht turlardan juda farq qiladi.

100 g tovuq go’shti sutkalik oqsilga bo’lgan ehtiyojning 29% ni, yog’lar – 4% va uglevodlar – 0% ni o’z ichiga oladi.

Ya’ni, bir qarashda tovuq go’shti dieta uchun mos hisoblanadi. Kaloriya tarkibi atigi 119 kilokaloriyaga teng – bu rost. Shu bilan birga, u ko’plab sport dietalari menyusiga kiritilgan bo’lib, mushak massasini oshirish va qomatni saqlashga yordam beradi.

Tovuq go’shtida yog’da eriydigan vitaminlardan A, D, D3, E va K mavjud.Suvda eriydigan vitaminlardan esa C, B1, B2, B3 (PP), B4, B5, B6, B9 va B12 vitaminlari bor.

Tovuq go’shti minerallarga ham boy. Ayniqsa, unda magniy, fosfor va kaliy ko’p.

Qanday ratsionga rioya qilishingizdan qat’i nazar, tovuq go’shti oson hazm bo’ladigan ajoyib mahsulot bo’lib, u go’sht ta’mlari palitrasiga xilma-xillik qo’shadi.