Aloqa uchun raqam

+998 (71) 271-64-26

Aloqa uchun raqam

+998 (71) 202-12-00

«Parrandasanoat” uyushmasi aъzolarining navbatdagi umumiy yig’ilishi o’tkazildi

Yig’ilishda uyushmaga aъzo yirik naslchilik, tuxum ishlab chiqarish, parranda go’shti etishtiruvchi korxonalar vakillari ishtirok etdi. Yig’ilishni Kengash raisi Zarshed Muhammadiev olib bordi.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan uyushma raisi Bahodir Isaev so’zga chiqdi. Uyushma tomonidan 2021 yilda erishilgan natijalar hamda 2022 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar va ko’rsatkichlar bo’yicha hisobot berdi. Uyushmaga aъzo korxonalar bilan mahsulotlar ishlab chiqarish, realizatsiya qilish hamda amalga oshirilgan eksport hajmlari yuzasidan tezkor maъlumotlar almashinish mexanizmini yo’lga qo’yish muhim ekanligini taъkidlab o’tdi. Hozirgi kundagi dunyodagi murakkab vaziyatning sohaga taъsiri muhokama qilindi. Kerakli ozuqa-emning 70-80 foizi xorijdan keltirilishi sababli ushbu masala naqadar dolzarb ekani taъkidlandi.

Kun tartibidagi navbatdagi masalalar bo’yicha uyushma raisi o’rinbosarlari Ulug’bek Ahmedov, Po’lat Rahmatullaevlar so’zga chiqdi.

Yig’ilish so’ngida parrandachilikda mavjud tizimli muammolar muhokama qilindi.