Naslli parrandalar
Respublikamizda 45 ta naslchilikka ixtisoslashgan parrandachilik xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan, 7 ta xo‘jalik tuxum yo‘nalishida, 38 ta xo‘jalik go‘sht yo‘nalishida final gibrid inkubatsion tuxumlar va bir kunlik jo‘jalar yetishtirish bilan shug‘ullanmoqda.
Tuxum yo‘nalishidagi naslchilik parrandachilik xo‘jaliklarida 213 ming bosh naslli parrandalar mavjud bo‘lib, ushbu naslchilik xo‘jaliklarida “Xay-Layn”, “Dekalb”, “Lomann”, “Xay-Seks”, “Super Nik”, “Braun Nik” va “Novogen” krosslaridagi naslli parrandalarning ota-ona galasi parvarishlanadi. Naslli jo‘jalar asosan Niderlandiya, Germaniya, Fransiya va Rossiya davlatlaridan olib kelinadi hamda ulardan inkubatsion tuxumlar olinib, ochib chiqarilgan jo‘jalar respublikamizdagi sanoat parrandachilik korxonalari va fermer, dehqon xo‘jaliklariga yetkazib beriladi.
Go‘sht yo‘nalishidagi naslchilik xo‘jaliklarida 1 mln 842 ming bosh naslli parrandalar mavjud bo‘lib, ushbu xo‘jaliklarda asosan dunyo bo‘yicha keng tarqalgan va o‘zining yuqori mahsuldorlik ko‘rsatkichlari bilan ajralib turuvchi “Ross-308” va “Kobb-500” krossli naslli parrandalarning ota-ona galasi parvarishlanadi. Naslli jo‘jalar asosan Vengriya va Niderlandiya davlatlaridan olib kelinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 yanvardagi PQ-4576-sonli qarori bilan import qilingan bir kunlik naslli jo‘jalarga subsidiya ajratilishi respublikamizda naslli parrandalar bosh sonining ko‘payishiga yana-da zamin yaratdi. 2020 yilda jami 35 ta naslchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi parrandachilik xo‘jaliklariga import qilingan 1 mln 535 ming bosh naslli jo‘jalar uchun 13.8 mlrd. so‘m subsidiya mablag‘lari ajratildi.
Naslchilik parrandachilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar
Tuxum yo‘nalishda:
«Ilonsoy Lomann parranda» FX
«Maroqand parranda» MCHJ
«Zarafshon Lomann parranda» MCHJ
«Toshkent parranda» MCHJ
«Ishonch – Nadejda» FX
«Progress parranda» MCHJ
«Sharof Rashidov nomidagi parrandachilik» MCHJ
Go‘sht yo‘nalishida:
«Baraka Hamkor parranda» XK
«Jondor Chinor Chorva» MCHJ
«O‘ktam Nur Turdali ota» FX
«Ququmboy naslchilik parranda» MCHJ
«Aktiv Chorkesar layt» MCHJ
«Uychi parranda» MCHJ
«Vodiy Kumush parranda» MCHJ
«Kattaqo‘rg‘on parranda» MCHJ QK
«Aziya prestij servis» MCHJ
«Samarqand sifatli jo‘jalari» XK
«Invest Chicken Group» MCHJ
«Yangi obod sifatli parranda» MCHJ
«Navobod naslli parranda» FX
«Jomboy naslli parranda» FX
«Muxabbat sarvar fayz» MCHJ
«Siyob Shavkat Orzu» FX
«Payshanba parrandalari» MCHJ
“Agro-kompleks” FX
«Prestij don» MCHJ
«Darg‘om parranda fayz» MCHJ
«Guliston broyler» MCHJ
“Z.M.Bobir” MCHJ
«Universal golden ving» MCHJ
“Umid” MCHJ
«Osiyo parranda biznes» MCHJ
«Parkent broyler» MCHJ
«Oxangaron naslli parranda» MCHJ
«Inter Agro» MCHJ
«Navobod naslli parranda» FX O‘rtachirchiq fil.
«Anis parranda» MCHJ
«Chicken Invest» MCHJ
«Donya parranda» FX
«Saxovat Broyler» MCHJ
«Beshariq parranda» MCHJ
«Mazzali broyler» MCHJ Rishton fil.
«Premium Chikens» MCHJ
«Urganch parranda invest» XK
«Avezmetova Zulfiya» FX
Naslchilik xo‘jaligi maqomini olish
Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
bonitirovka — hayvonlarning nasldorlik va mahsuldorlik sifatlarini baholash;
genofond (kam sonli) zot — muayyan zotga mansub va yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi kam uchraydigan hayvonlar guruhi;
naslchilik — seleksiya maqsadida nasldor hayvonlarni urchitish, naslli mahsulot (material) yetishtirish va undan foydalanish;
nasldor hayvon — kelib chiqishi hujjatlar bilan tasdiqlangan, muayyan zotni takror ko‘paytirish uchun foydalaniladigan va belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan hayvon;
naslli mahsulot (material) — nasldor hayvon, uning urug‘i va embrionlari, nasldor tuxum, ipak qurti urug‘i;
naslchilik obyektlari — nasldor hayvonlar (qoramollar, qo‘ylar, echkilar, otlar, tuyalar, cho‘chqalar, shuningdek, parrandalar, baliqlar, asalarilar, ipak qurti, quyonlar, yovvoyi hayvonlar) va ularning naslli mahsulotlari (materiallari);
naslchilik subyektlari — naslchilik ishi bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, tashkilotlar, seleksiya markazlari, ippodromlar, immunogenetik nazorat laboratoriyalari, nazorat — sinov stansiyalari, embrionlarni ko‘chirib o‘tkazish (transplantatsiya) markazlari hamda boshqa yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar — naslli mahsulot egalari;
nasldor hayvonlar va nasldor podalarni davlat ro‘yxatiga olish — kelib chiqishini aniqlash va mahsuldorligini belgilash maqsadida nasldor hayvonlar hamda nasldor podalar haqidagi maʼlumotlarni hisobga olish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori «Naslchilik xo‘jaliklari maqomini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» (VMQ 19.02.2020)