Yuqumli ensefalomiyelit (epidemik tremor) – o‘tkir kechuvchi virus kasallik, nerv tizimini (koordinatsiya harakatlanishi buzilishi, oyoqlar parezlari) zararlanishi, yuqori kasallik va jo‘jalar o‘limi bilan xarakterlanadi.

Kasal qo‘zg‘atuvchi – Picornaviridae oilasiga mansub, RNK – saqlovchi virus. Ushbu kasallik bilan jo‘jalar va tovuqlar, kurka jo‘jalari va ona kurkalar og‘riydi. O‘rdak, yosh sesarkalar va kabutarlar ham kasalikka moyildir. Ko‘pincha 5 – 20 kunlik jo‘jalar kasal bo‘ladi. Kasallik o‘chog‘i – axlat va transovarial yo‘li bilan virus tarqatuvchi kasal va virus tashuvchi parrandalar.

Yuqumli ensefalomiyelit rivojlanish qonuniga monand to‘g‘ri keladi. Agar parrandaga kasallik vertikal yo‘li bilan yuqqan bo‘lsa, unda jo‘jalarda odatda birinchi 5 – 10 kun ichida kasallik klinik belgilari paydo bo‘ladi. Agar virus yuqishi jo‘jalar tuxumdan chiqqandan keyin sodir bo‘lgan bo‘lsa, unda kasallik belgilari 10 kundan keyin paydo bo‘ladi.

Klinik holati

Infeksiya vertikal yo‘l bilan 2 – 6 kunda tarqaladi, gorizontal yo‘li bilan 9 kundan 30 kungacha bo‘lishi mumkin. Jo‘jalarda harakatlanish koordinatsiyasi buziladi, bosh, bo‘yin, dum patlari tremori kuzatiladi. Juda ko‘p parrandalar oyoqlari parez va paralich bo‘ladi. Kasallik 15% ni tashkil etadi, lekin xo‘jalikda birinchi marta paydo bo‘lganda 60% gacha yetishi mumkin. Jo‘jalar orasida o‘lim 20 – 25 foizni tashkil etadi. Tovuqlarda tuxum mahsuldorligi 30 – 40 foizgacha keskin tushib ketadi, mayda qon aralash tuxum bera boshlaydi, tuxum jo‘ja ochib chiqishi pasayib ketadi. Kasal bo‘lib tuzalgan parrandaning ko‘z gavhari xiralashadi, natijada ko‘r bo‘lib qolishi ham mumkin.

Patomorfologiya

Kasal parrandaning organlaridagi makroskopik o‘zgarishlar kasallikka xarakterli emas, lekin miyadagi qon quyilish galada yuqumli ensefalomiyelit borligidan dalolat beradi. Markaziy nerv sistemasini gistologik tekshirilganda perivaskulyar infiltratlar, neyronlar degeneratsiyasi, jigar, yurak, oshqozon osti bezi va bezli oshqozon mushaklarida limfotsitlar o‘chog‘larini ko‘rish mumkin.

Diagnostika

Tashxisni kompleks qo‘yiladi, epizootologik maʼlumotlar, klinik belgilari, patologoanatomik o‘zgarishlar hamda gistologik tekshiruvlar va bioprobalar quyish orqali aniqlanadi. Barvaqt tashxis qo‘yish uchun RDP, RN, RIF, IFA laboratoriya tekshiruvlarini o‘tkazish mumkin.

Differensial diagnoz qo‘yishda Nyukasl, Marek kasalliklari, bakterial infeksiyalar (streptokokkoz, salmonellyoz va boshqalar), “E” gipovitaminozi kasalliklarini chiqarib tashlash kerak.

Davolash i profilaktika

Ota – ona galasida aktiv immunitet hosil qilish uchun tirik va inaktivlangan vaksinalar qo‘llaniladi, qaysiki 8 – 16 haftalik jo‘jalarga yuboriladi:

  • Parranda tinosinovitga qarshi inaktivlangan CEVAK Reo K (Seva);
  • Yuqumli ensefalomiyelitga qarshi liofilizirlangan tirik vaksina (Intervet).