Issiq yoz oylarida broyler jo‘jalar saqlanadigan xonalarni haroratini nazorat qilish judayam muhim.

Issiqlik stressi tez rivojlanayotgan qushlarda, ko‘p xollarda, tana vazni tushishiga sabab bo‘ladi. Ortiqcha issiqlikdan qutulish uchun broyler jo‘jalar tumshuqlarini katta ochib nafas oladilar. Buning natijasida ular katta miqdordagi karbonat angidrid gazidan halos bo‘ladilar, bu esa jo‘jalar qonida kislota-ishqorli balans buzilishiga olib keladi. O‘z navbatida, nomutanosiblik yurak mushak va tovuq oyoqlariga ta’sir qiladi.

Issiqlik stressi, shuningdek, oshqozon-ichak trakti borayotgan faoliyat, ich ketishi xavfini oshishiga sabab bo‘ladi. Gollandiyada qushlar salomatlik markazi mutaxassislari buni shunday izohlashadi: bu holat jo‘jalarda elektrolitlar yuqotilishiga va yurak-mushak tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Broyler jo‘jalarni issiqlik stressidan halos etish uchun 10 tavsiya:

1. Havo harorati o‘rnatilgan maqbul darajadan oshmasligini doimiy nazorat qilish, zarur vaziyatda ventilyatsiya tizimini sozlash.

2. Kunning ikkinchi yarmida qushlar tomonidan ozuqa iste’molini cheklash. Shu bilan birga jo‘jalarni sillasi qurishiga yul qo‘ymaslik kerak, chunki bu

ham ularni stressga tushishiga sabab bo‘ladi.

3. Jo‘jalarni nimqorong‘u yorug‘likda oziqlantirish ularning jismoniy faolligini sekinlashtirishga yordam beradi. Broyler jo‘jalar ko‘proq tez-tez

suv ichib turishlari uchun, vaqti-vaqti bilan suvdonlar yorug‘ligini oshirib turish zarur.

4. Broylerlar saqlanayotgan xonada ventilyatsiya tizimini shunday ishlashi kerakki, bunda harorat havo oqimi tezligi mutanosib bo‘lishi kerak.

5. Honada havo oqimi harakatini ta’minlash uchun, darchalarni to‘g‘ri joylashtirish zarur. Havo oqimi yo‘nalishini maxsus tutun chiqaruvki moslamalar

bilan tekshirib ko‘rish mumkin.

6. Ba’zi hollarda ventilyatorlardan foydalanish mumkin, bu qo‘shimcha havo harakatini ta’minlaydi.

7. Tovuqxonalarda harakatsiz “o‘lik zonalar” shakllanishini oldini olish zarur. Agar iloji bo‘lsa, doimiy harakatlanuvchi havo oqimini hosil qilish

uchun xonani qo‘shimcha ventilyatorlar bilan jihozlash maqsadga muvofiq.

8. Tushdan keyin jo‘jalar uchun suv iste’molini chegaralamaslik kerak va suvdonlarda doim toza suv bilan ta’minlash zarur.

9. Issiqlik stressi broyler jo‘jalarda 20 kunligidayoq sodir bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, oldindan xonada maksimal havo namligi va shamollatish

tizimi to‘g‘ri ishlashiga ishonch hosil qiling.

10. Sovuq havo oqimi jo‘jalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilishiga yul qo‘ymaslik kerak. Haroratning keskin o‘zgarishi qushlar uchun faqat zarar olib keladi.

Manba: agroxxi.ru