Ayni vaqtda Toshkent shahridagi “INTERNATIONAL HOTEL TASHKENT” mehmonxonasida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi tomonidan tashkil etilgan seminar forum bo‘lib o‘tmoqda. Unda “Parrandasanoat” uyushmasi vakillari ham qatnashmoqda.

Asosiy maqsadimiz aholini arzon va sifati parrandachilik mahsulotlari bilan oʻz vaqtda taʼminlash. Buning uchun mavjud barcha korxonalarni to’liq quvvatda ishlashi hamda mavjud quvvatlardan samarali foydalanishda avvalombor korxonalardagi asbob-uskunalarning zamonaviy texnologiyalar bilan taʼminlanganligi muhim oʻrin tutadi. Shuning uchun ushbu seminarda berilgan maʼlumotlarni, olingan ko’nikmalarni kelgusida parrandachilik sohasidagi loyihalarni shakllantirishda keng foydalaniladi.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 5 iyuldagi PQ-211-sonli qaroriga muvofiq, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Chorvachilik sohasini rivojlantirish 2-bosqich” loyihasi va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13 yanvardagi PQ-84-sonli qaroriga asosan Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida “Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish” loyihalari amalga oshirilmoqda.

Seminar forumdan mazkur loyihalar bilan manfaatdor tomonlarni tanishtirish va keyingi bosqichda amalga oshiriladigan tadbirlarni muhokama qilish maqsad qilingan.