 Uyushma aʼzo korxona va xoʼjaliklarning mulkiy manfaatlarini ifoda etadi va himoya qiladi;
 Import qilingan ozuqa-em mahsulotlarini temir yoʼl orqali tashishda 50 foizlik chegirma beriladi (2021 yilda 203 ta parrandachilik xoʼjaliklarining transport xarajatlariga 50 foizlik chegirmalarqoʼllanildi);
 Har bir bosh 1 kunlik nasldor joʼjani import qilish bilan bogʼliq xarajatlarning 9 ming soʼmini qoplash uchun davlat tomonidan subsidiya ajratiladi (2,1 mln. bosh 1 kunlik nasldor joʼja importi uchun 19,1 mlrd. soʼm subsidiya ajratildi);
 xorijiy mamlakatlardan parrandachilik sohasi ekspert va mutaxassislarini jalb qilish xarajatlari hamda ularning 6 oylik ish haqi miqdorining 50 foizi, biroq oyiga 1 000 АQSh dollari ekvivalentidan oshmagan qismi qoplab beriladi;
 Tadbirkorlarni qoʼllab-quvvatlash maqsadida, 2021 yilda 209 ta parrandachilik korxonalarga 56,5 mlrd. soʼm, shundan, tuxum yoʼnalishidagi 131 ta korxonaga 40,8 mlrd. soʼm hamda 78 ta parrandagoʼshti ishlab chiqaruvchi korxonalarga 15,7 mlrd. soʼm subsidiya berildi;
 Yurtimiz va xorij mamlakatlarda koʼrgazmalar, taqdimotlar, yarmarkalar, anjumanlar, biznes forumlar, kooperatsion birjalarni tashkillashtirishda va aʼzo korxonalari vakillarining ishtirok etishida amaliy yordam koʼrsatiladi.
 Xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan koʼp martalik kirish vizalari rasmiylashtirilishi, berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, “propiska”siga yordam oladi;
 Parrandachilik sohasidahi yuridik hujjatlarning ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
 Soha boʼyicha qabul qilingan qonun, qarorlardan birinchilardan boʼlib xabar topadi va imtiyozlardan foydalanadi.