O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi — veterinariya fanlari nomzodi Norqobilov Baxrom To‘rayevich bugun qutlug‘ 50 yoshni qarshiladi.
Shu munosabat bilan, “Parrandasanoat” uyushmasining jamoasi va respublikamizdagi barcha parrandachilar nomidan Baxrom To‘rayevichni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz.
Mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, parrandachilikni jadal rivojlantirish, genetik texnologiyalarni jalb etish hamda epizootik osoyishtalikni barqaror saqlab turish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarda ulkan zafarlar tilaymiz.
Kelgusida yurtimiz farovonligini yana-da yuksaltirish borasidagi ishlarida muvaffaqiyatlar hamda oilaviy xotirjamlik tilab qolamiz.

Ehtirom ila,
“Parrandasanoat” uyushmasi