Tuxum yo‘nalishidagi parrandachilikda Hozirgi vaqtda Germaniyaning “MELLER”,  “HELLMANN” va “SALMET”, Gollandiyaning “FACCO”, Ukrainaning “TEXNA”, Turkiyaning “KAVSAR”, Eronning “ARSAMKAR” kompaniyalarining texnologik ilg‘or zamonaviy anjomlari sanoat parrandachiligining talablariga to‘liq javob beradi.

Broylerlarni qafaslarda saqlash va boqish uchun BKM-3B texnologik uskunalar va 3 yarusli KP-8 batareyalarini ishlatish mumkin. Broylerlarni kataklarda saqlashning afzalliklari shundan iboratki, bir xil hajmdagi maydonda yer(pol)da boqilganga nisbatan 1,5 barobar bosh sonini ko‘p ushlash mumkin, mos ravishda bosh soni  hisobiga parranda go‘shtini ham ko‘p olish mumkin. Lekin shu bilan birga yerda boqilganiga qaraganda qafasda boqilgan broylerlar bir boshiga nisbatan kamroq tirik vazn olinishi va olingan 1 kg tirik vazn uchun ko‘proq sarf-xarajat qilinishi aniqlangan. Yerda boqilganda Germaniyaning Big Dutchman kompaniyasining uskunalari ham zamonaviy talablarga to‘liq javob beradi.

Xitoy davlatida ishlab chiqilgan parrandachilik texnologik anjomlariga ham parrandachilar tomonidan talablar mavjud.